Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!” shiori ostidagi vatanparvarlik festivalining o‘tkazilishi munosabati bilan 6-fevral, payshanba kuni, soat 13:00 dan 7-fevral, juma kuni, soat 22:00 ga qadar bir qator ko‘chalar avtotransport vositalarining harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Transport vositalarining harakati quyidagi ko‘chalarda cheklanadi:
- Zarafshon ko‘chasining Alisher Navoiy shoh ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Istiqlol ko‘chasining Buyuk Turon ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Izoh (0)