• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev tashqi savdo jarayonidagi muammolar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-fevral, chorshanba kuni, tashqi iqtisodiy faoliyat tizimini isloh qilish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, Prezident Oliy Majlisga Murojaatnomasida tashqi savdo bilan bog‘liq nazorat tizimi va infratuzilmani yaxshilash, jumladan, xorijiy tajribadan kelib chiqib, bojxona postlarida nazoratni amalga oshiradigan bojxona, sanitariya, karantin, veterinariya va boshqa idoralar faoliyatini isloh qilish lozimligini ta’kidlagan edi.

    Ta’kidlanishicha, bu sohada uzoq yillardan buyon samarali ishlar olib borilmagani tashqi savdo amaliyotlarida muayyan qiyinchliklar tug‘dirmoqda. Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida “Xalqaro savdo” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston 190 ta davlat orasida 152-o‘rinda qayd etilgan.

    Yig‘ilishda mazkur reytingda mamlakat pozitsiyasini yaxshilash, jahon tajribasi asosida nazorat idoralarining ishini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

    Ma’lumki, ko‘plab davlatlarda yuklar chegaraga yetib kelmasidan oldin ular haqida axborot berilib, yukning tez chiqib ketishi ta’minlanadi. O‘zbekistonda esa o‘tgan yili 416 mingta deklaratsiyadan atigi 344 tasi yuk chegaraga kelguncha rasmiylashtirilgan. Yuk to‘g‘risida oldindan ma’lumot berish avtomobil transportida 98 foizni tashkil etsa, temir yo‘lda umuman yo‘lga qo‘yilmagan, deyiladi xabarda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu bois nazoratni chegarada emas, balki yuklar kirib kelishidan oldin yoki mamlakat ichkarisida erkin muomalaga chiqarilgandan keyin amalga oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Bugungi kunda 1836 ta turdagi tovar bir vaqtda uchta idora tomonidan tekshirilishi, oqibatda import-eksport hujjatlarini rasmiylashtirish haftalab cho‘zilayotgani tanqid qilindi.

    Bojxona, veterinariya, karantin, sanitariya, standart, ekologiya idoralari ish uslubini o‘zgartirishi, ularning asosiy vazifasi mahsulotlar eksportini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Tovarlarning bojxona qiymatini tezkor aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda, tadbirkor to‘lov qilib o‘sha zahoti mahsulotini olib ketadigan, bunga aniqlik kiritilganidan keyin farqni to‘laydigan tizim joriy etish muhimligi ta’kidlandi.

    Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasiga xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda yangi Bojxona kodeksini ishlab chiqish, bojxona organlari tashkiliy tuzilmasi va ma’murchiligini takomillashtirish vazifasi qo‘yildi.

    O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi xodimlari ekin maydonlariga chiqib, xorijiy mamlakatlarning kimyoviy va biologik vositalarni qo‘llash bo‘yicha talablarini dehqonlarga tushuntiradigan, amaliy ko‘mak beradigan tuzilmaga aylanishi kerakligi qayd etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident raqamli texnologiyalarni joriy qilib, inson omilini maksimal qisqartirish orqali korrupsiya va noqonuniy tovar aylanmasiga barham berish zarurligini ta’kidladi.

    Import mahsulotlarining chegaradan to yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan harakati bojxona va soliq idoralari tomonidan yagona elektron tizim orqali nazorat qilinishi kerak. Misol uchun, bojxona deklaratsiyasini elektron hisob-faktura va onlayn nazorat kassasiga bog‘lash orqali bu masalani hal etish mumkin, deyiladi xabarda.

    Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga ruxsatnoma va laboratoriya tekshiruvlari hujjatlarini to‘liq raqamlashtirish, avtomatlashtirilgan “risk-analiz” tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Yig‘ilishda yuklarni chegara punktlaridan o‘tkazish vaqtini qisqartirish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

    Qayd etilishicha, so‘nggi 3 yilda qo‘shni davlatlar bilan chegara orqali o‘tgan kishilar soni 2 baravarga, transport vositalari soni qariyb 3 baravarga oshgan. Lekin hozirgi infratuzilma bunday talabga to‘la javob bermaydi.

    Ayrim veterinariya va karantin punktlarida zarur jihozlar yo‘q. Chegaradagi sanitariya va epidemiologiya xizmati ham tashqi xavflarga tayyor emas.

    Yuklar oqimini taqsimlash ishlari oqilona tashkil etilmagan. Bojxona xizmatida postlarni masofadan nazorat qilish tizimi — Situatsion markaz yo‘qligi oqibatida postlarda tirbandliklar paydo bo‘lmoqda. Bu tadbirkorlar uchun ham, davlat budjeti uchun ham ortiqcha xarajat keltirib chiqarmoqda.

    Shu bois mutasaddilarga chegara postlarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, joriy yil 1-oktabrga qadar Situatsion markazni ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, chegaradosh davlatlar bilan yuklarni “bir bekatda tekshirish” tizimini yo‘lga qo‘yish lozimligi qayd etildi.

    Tashqi savdo nazorati idoralari chet ellardagi hamkasblari bilan yaqindan ishlab, tajriba almashishi, ularning tekshiruv-sinov laboratoriyalarini O‘zbekistonda tashkil etib, tovarlarni xorijiy talablarga mos ruxsatnomalar bilan jo‘natishni yo‘lga qo‘yishi kerakligi ta’kidlandi.

    Tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarini soddalashtirish uchun milliy qonunchilikni bojxona, sanitariya-epidemiologiya, transport, standart, veterinariya, karantin yo‘nalishidagi xalqaro kelishuvlarga uyg‘unlashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Yig‘ilishda kadrlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bojxona institutida o‘qitish jarayoni zamon talabiga javob bermasligi qayd etilib, uning faoliyatini tubdan takomillashtirish, shuningdek, veterinariya va karantin xodimlarini xalqaro andozalar asosida qayta tayyorlash muhimligi qayd etildi. Xalqaro bojxona tashkiloti bilan erishilgan kelishuvga muvofiq kadrlar salohiyatini oshirish borasidagi ishlarga to‘xtalib o‘tildi.

    05.02.2020, 19:19   Izoh (0)   21393
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonga Uxan shahridan 5 nafar qozog‘istonlik ham evakuatsiya qilindi

    05.02.2020, 19:03

    O‘zbekistonda “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilanadi

    05.02.2020, 18:48

    O‘zbekistonda 6-fevral kuni havo o‘zgarib, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    05.02.2020, 18:33

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” yer usti metro liniyalarining ishonchliligi haqidagi shubxalarga munosabat bildirdi

    05.02.2020, 18:02

    Nig‘matilla Yo‘ldoshev yuqori idoralarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid choralari kutilgan natijani bermayotganini ma’lum qildi

    05.02.2020, 17:47

    O‘zbekistonda Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligini keng nishonlash bo‘yicha Prezident qarori loyihasi e’lon qilindi

    05.02.2020, 17:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.