Xitoy davlat televideniyesi Pekinda koronavirus sababli yuz bergan birinchi o‘lim holati haqida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.
Koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahriga borib qaytgan 50 yoshli erkakda 22-yanvar, chorshanba kuni kasallik aniqlangan edi.
Hozirgacha Pekinda 80 ga yaqin odam koronavirus bilan xastalangani aytilmoqda. 27-yanvarga kelib, Xitoyda koronavirus epidemiyasi oqibatida 81 kishi vafot etdi, 2800 kishi kasallangan.
Virus dastlab 2019-yil dekabr oyi oxirida Uxan shahrida aniqlangan edi. Keyinroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, kasallanish holatlari boshqa mamlakatlarda ham, asosan Osiyoda qayd etildi. AQSh, Nepal, Avstraliyada o‘nga yaqin holatlar yuz bergan.
Izoh (0)