2019-yil O‘zbekistonda respublika bo‘yicha 13,2 ming kishi doimiy yashash uchun xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida keltirildi.
Fuqarolarning eng ko‘p qismi — 57,5 foizi Qozog‘istonga ko‘chib ketgan. Undan keyingi o‘rinlarni Rossiya (37,7 foiz), AQSh (0,8 foiz) va Isroil (0,7 foiz) davlatlari egalladi.
Doimiy yashash uchun O‘zbekistonga ko‘chib kelgan fuqarolar soni esa 2 527 kishini tashkil qilgan. Ular orasida Qozog‘iston (33,2 foiz) birinchi, Rossiya (23,3 foiz) ikkinchi va Tojikiston (21,4 foiz) fuqarolari esa uchinchi o‘rinni band qildi.
Izoh (0)