• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sud prokuraturaning “Yangiobod” sayyohlik bazasini baholash bo‘yicha da’vosini qanoatlantirdi

    Toshkent viloyati Ohangaron tumanlararo iqtisodiy sudi 24-yanvar, juma kuni Angren prokuraturasining “Yangiobod” sayyohlik bazasini majburiy baholashni amalga oshirish to‘g‘risidagi da’vosini qanoatlantirdi. Bu haqda sayyohlik bazasi egasi Ali To‘xtayevning so‘zlariga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    2019-yil yanvar oyida Toshkent viloyati hokimligi “jamoat va davlat ehtiyojlari uchun” sayyohlik bazasini musodara qilmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

    Mart oyida sayyohlik bazasi egasi viloyat ma’muriyatining qarori ustidan sudga shikoyat qilishga urinib ko‘rdi, ammo Nurafshon shahar ma’muriy sudi hokimning qarorini bekor qilishni rad etdi.

    Aprel oyida Toshkent viloyati ma’muriy sudining apellyatsiya instansiyasi sudlov hay’ati hokimlikning sayyohlik bazasi bo‘yicha hukumatning “maxfiy” buyrug‘ini sudga taqdim etishdan bosh tortganiga qaramay, qarorni o‘zgarishsiz qoldirdi.

    2020-yilning yanvar oyi boshida Angren prokuraturasi sudga murojaat qilib, da’vo arizasida sayyohlik bazasidan o‘z hisobidan 10 gektar yer uchastkasi va u yerda joylashgan bino va inshootlarni baholashni amalga oshirish va tadbirkor mol-mulkini viloyat hokimligi balansiga o‘tkazish uchun baholash natijalarini hokimlikka taqdim etishni so‘ragan.

    Sud qaroriga munosabat bildirar ekan tadbirkor hukumat bir tomondan turizmni rivojlantirishni talab qilayotgani, boshqa tomondan esa tadbirkorga tegishli mol-mulkni davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilayotganini aytgan. U o‘z fikrini Vazirlar Mahkamasining Toshkent viloyatida “Oltin halqa” turistik zonasini tashkil etish to‘g‘risidagi yangi qarori bilan izohlaydi. Ushbu qarorda Angren tumani ham tilga olinadi.

    “Biz sudda hokimiyatning talabi noqonuniy ekanligini tushuntirdik. Shuningdek, 1-yanvardan boshlab yerlarni davlat foydasiga musodara qilish tartibi o‘zgarganini aytdik. Vazirlar Mahkamasining Toshkent viloyatida “Oltin halqa” turistik zonasini tashkil etish to‘g‘risidagi yangi qarori chiqdi, u yerga Angren tumani ham kiritilgan. Bizdan turizmni rivojlantirishimizni talab qilishmoqda. Shunday ekan, nima uchun hokimimiz va Angren prokuraturasi Prezident ko‘rsatmalariga zid ish tutmoqda?”, — deydi tadbirkor.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Uning so‘zlariga ko‘ra, navbatdagi sud majlisida Toshkent viloyati hokimligi sayyohlik bazasini musodara qilish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi ko‘rsatilmagan.

    “Bizga bu hujjatni hech kim ko‘rsatmadi. Chunki agar ko‘rsatishsa, hammasi chippakka chiqadi. Maxfiy topshiriq yo‘q. Uni hech kim ko‘rmagan. Sudda biz ‘O‘zingiz maxfiy topshiriqni ko‘rdingizmi?’, deb savol berdik. ‘Yo‘q’ deb javob berishdi. Hozir esa Angren hokimligi va prokuraturasi bizni mol-mulkni baholatish va uni hokimlikka sotishga majburlamoqda”, — deydi tadbirkor.

    Sayyohlik bazasi huquqshunosi Azimjon Rahmatovning ma’lum qilishicha, hokimlik sudga 2019-yil 15-yanvarda Ali To‘xtayev bilan yer uchastkasini davlat hisobiga o‘tkazish yuzasidan uchrashgani to‘g‘risidagi bayonnomani taqdim etgan.

    “Aslida esa Ali To‘xtayev ushbu majlisda ishtirok etmagan, lekin uni ishtirokchi sifatida qayd etishgan”, — deydi u.

    Huquqshunosning ta’kidlashicha, yer uchastkasini musodara qilish to‘g‘risidagi Angren hokimiyatining 2019-yil 31-yanvardagi qarori ham sayyohlik bazasi egasiga yo‘naltirilmagan.

    “Prokuratura mol-mulkni baholab, uning natijalarini hokimlikka topshirish majburiyatini yukladi. Bundan tashqari, sayyohlik bazasi egasi hisobidan baholashni amalga oshirish va Angren hokimligiga mol-mulkni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha da’vo talablari e’lon qilindi. Barcha talablar sud tomonidan ma’qullandi”, — dedi sayyohlik bazasi vakili.

    Azimjon Rahmatov, shuningdek, sud Oliy sudga nazorat shikoyati berilganiga qaramasdan (sayyohlik bazasi apellyatsiya shikoyati rad etilgandan keyin) sud jarayonini kechiktirishga ruxsat bermaganligini ma’lum qildi.

    “Oliy sud ishni ikki oy davomida ko‘rib chiqadi va sudya nazorat protestini e’lon qilishi yoki rad etishi yuzasidan qaror qabul qiladi. Shikoyatni ko‘rib chiqish muddati hali tugamadi”, — deydi huquqshunos.

    “Yangiobod. Chotqol marvaridi” sayyohlik bazasi egasi Ali To‘xtayev Ohangaron tumanlararo iqtisodiy sudi qarori ustidan shikoyat qilishni rejalashtirmoqda.

    27.01.2020, 19:34   Izoh (0)   34768
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

    27.01.2020, 19:19

    Yevropa banki Taxtaqoracha dovonida pullik tunnel qurilishi uchun shartnoma loyihasini tayyorlamoqda

    27.01.2020, 19:04

    Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumini tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

    27.01.2020, 18:49

    O‘zbekistonda 28-yanvar yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda

    27.01.2020, 18:33

    Qashqadaryoda ayolini yonayotgan uy ichida qoldirgan erkak qamoqqa olindi

    27.01.2020, 18:18

    “Qancha xijolatli bo‘lmasin, o‘g‘lim uchun ham yordam so‘rashga majburman”. 8 yoshli Shohruxxon zudlik bilan operatsiya qilinishi zarur

    27.01.2020, 17:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ramzan Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li uylandi

    Dunyo | 29 iyun, 23:40

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi

    Sport | 29 iyun, 23:09

    “Uy oldi-sotdisini naqdsiz shaklga o‘tkazmoqchimiz” — Mubin Mirzayev

    O‘zbekiston | 29 iyun, 23:05

    Ozarbayjon Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari tashrifini bekor qildi

    Dunyo | 29 iyun, 23:00

    “Nasiya bozorini davlat tomonidan tartibga solish rejalashtirilgan” — Timur Ishmetov

    Iqtisodiyot | 29 iyun, 22:30

    Superliga. “Buxoro” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 29 iyun, 22:15

    Eron MAGATE rahbari uchun yadroviy obyektlarga kirishni yopdi

    Dunyo | 29 iyun, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.