• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ilojsizlikdan shu yerlarda ishlayapmiz”. Aqto‘be fojiasidan omon qolgan ikki o‘zbekistonlik ish izlab yana xorijga ketdi

    Bundan roppa-rosa ikki yil avval — 2018-yilning 18-yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida Chimkentdan Rossiyaning Qozon shahriga 54 o‘zbekistonlik mehnat muhojirini olib ketayotgan avtobus yonib ketgandi. Avtobus nosoz bo‘lgan, isitish tizimi mutlaqo ishlamagan, boz ustiga, avtobus egasida yo‘lovchi tashish uchun litsenziya ham bo‘lmagan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘inga avtobus salonida isinish uchun yoqilgan kavshar lampa sabab bo‘lgan. Avtobusning qandaydir 10—15 daqiqa ichida butunlay yonib ketishi esa lampa yoqilgan joyda bir necha kanistr benzin borligi bilan izohlanadi.

    Foto: “TASS”

    Keyinchalik avtobusning qozog‘istonlik uch haydovchisi besh yilga ozodlikdan mahrum qilindi; voqeadan so‘ng yashash joyidan qochib ketgan avtobus egasi oradan 10 oy o‘tib Toshkentdan topildi — unga nisbatan uch yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu gaplarning voqea oqibatida 52 o‘zbekistonlikning yonib ketgani oldida, albatta, sariq chaqalik ahamiyati yo‘q. Qozog‘istonlik ekspertlar halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar yong‘in vaqtida uyquda bo‘lgani va is gazidan halok bo‘lganini ta’kidlaydi — yong‘in payti odam uyqudan uyg‘ona olmaydi va hushiga kelmay vafot etadi.

    Oilasini boqish, uy-joyini butlash, oila qurish va boshqa shu kabi odatiy o‘zbekcha maqsadlar bilan ishlagani Rossiya tomon yo‘lga chiqib, yarim yo‘lda yonib kulga aylangan o‘g‘lonlarning 16 nafari Farg‘ona viloyatidan, ikki nafari Andijon viloyatidan, ikki nafari Toshkent shahridan, bir nafari Surxondaryo viloyatidan edi. Fojiada eng ko‘p Namangan viloyati o‘z farzandlarini yo‘qotgan edi — 31 kishi. Ayni vaqtda, mo‘jiza tufayli omon qolgan ikki o‘zbekistonlik ham aynan Namangan viloyatidan edi.

    Fojiadan omon qolgan Ahror Isoqov va Isroil Mirzaahmedov 2018-yilning sentabrida oxirgi marta intervyu bergandi. O‘shanda ularning ikkisi ham To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi (IES)da ishlayotgandi: biri brigadir, ikkinchisi temirchi.

    Mavzuga doir: Aqto‘bedagi fojiada omon qolgan o‘zbeklar: Tergovchilarga borini aytib bo‘lganmiz!

    Ahror Isoqov va Isroil Mirzaahmedov.

    Ahror Isoqov va Isroil Mirzaahmedov.
    Foto: Azizbek Abduvaliyev

    O‘shanda Ahror 2018-yil 18-yanvarda ro‘y bergan hodisa tafsilotlari bilan bo‘lishgandi.

    Rossiyaga muntazam qatnayman, qurilishda deyarli hamma ish qo‘limdan keladi. Bu gal Qozon shahridagi bir obyektni bitkazishga otlangandik. Men avtobusning old o‘rindig‘ida haydovchilar yonida o‘tirgandim. Yong‘in ro‘y bergan payt ko‘zim ilingan ekan. Kuchli shovqindan uyg‘onib ketdim. Avtobus alanga ichida qolgan, mening ham shimim yona boshlagandi. Jon holatda o‘zimni pastga otdim. Nima bo‘layotganini anglagan paytimda avtobus butkul o‘t ichida qolgandi.

    O‘sha kunlari havo harorati o‘ta pasayib, avtobusning ichi muzlab ketgandi. Shuning uchun salon kavshar lampa bilan isitilgan. Avtobusdagi og‘zi ochiq besh litrli kanistrda benzin bo‘lgan. O‘sha kanistrdagi benzin alanga olib, butun avtobus o‘t ichida qolgan.

    Yo‘lovchilarning hammasi avtobusning ikkinchi qavatida bo‘lgan. Eshiklar qulflanib qolgan, yong‘in chiqqanda hamma o‘zini orqa eshikka urgan. Avtobus eshiklari havo bilan yopilgani uchun hodisa payti ishdan chiqqan, orqa va o‘rta eshiklar qulflanib qolgan. Birinchi navbatda avtobusning orqa eshiklarini ochmoqchi bo‘ldik, iloji bo‘lmadi. Ikkinchi qavat oynasiga ikki-uch marta o‘t o‘chirish moslamasini otdim, avtobus haydovchisi ham urinib ko‘rdi. Ammo oynalar juda mustahkam bo‘lgani uchun sindirolmadik.

    Bir soatlardan keyin shifokorlar, o‘t o‘chiruvchilar, politsiya keldi. Bu payt avtobus butunlay yonib bo‘lgandi.

    Ahror Isoqov (2018-yil sentabr)

    Isroil Mirzaahmedovning qo‘shimcha qilishicha, uning avtobusda eshikka yaqin yerda bo‘lgani o‘z joniga oro kirgan. Shunda ham kuyish jarohatlari, shikastlanishlar bilan bir muddat shifoxonada davolanib chiqqan. U bunday fojiada omon qolganini Yaratganning marhamati deb hisoblashini aytgandi o‘shanda.

    “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev Aqto‘be fojiasiga ikki yil to‘lishi munosabati bilan Ahror Isoqov va Isroil Mirzaahmedov bilan uchrashish uchun To‘raqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi. Ammo bu yigitlarni uydan topishning imkoni bo‘lmadi. Ular bir necha oy oldin ish izlab, xorijga jo‘nab ketgani ma’lum bo‘ldi. Ahror Rossiyaga, Isroil esa Qozog‘istonga yo‘l olgan. “Daryo” muxbiri ularning oila a’zolari  bilan uchrashdi, o‘zlari bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqotda bo‘ldi.

    Ahror Isoqov: Jichcha qimmat bo‘lsa ham, samolyotda kelaveringlar

    Ahror Isoqov 31 yoshda. U 80 yoshni qoralagan Ibrohim ota va 70 dan oshgan Tojixon ayaning besh o‘g‘il va ikki qizdan so‘ng tug‘ilgan kenja farzandi. Hozirda qishlog‘idagi bir necha yigitga brigadirlik qilib, Moskvadagi qurilish kompaniyasida ishlamoqda.

    Ahror Isoqov (chapdan birinchi).

    Ahror Isoqov (chapdan birinchi).
    Foto: “Daryo”
    Hozir Moskvada, Talos kompaniyasida ishlayapman. Uylar, ofislar, sport obyektlari quramiz. 25 ga yaqin hamqishloq yigitlar bilan birga 2019-yil iyunida kelgandik. Samolyotda keldik — samolyotda qatnagan yaxshi ekan. Sheriklar “balki boshqa transportda borarmiz” deganida ham, “jichcha qimmat bo‘lsa ham, samolyotda kelaveringlar”, dedim.

    Ish joyimizdagi sharoitlardan nolish yo‘q — yotoq, issiq ovqat bilan ta’minlanganmiz. Yigitlar uyga har oy 500—600 dollar pul jo‘natib turibdi. Ha, To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi qurilishida brigadir bo‘lib, 4 million so‘m maosh olib ishlayotgandim, ammo u yerda ish tugay deb qolgandi.

    Ahror Isoqov

    Ahror Isoqov 1,5 yil avval bergan intervyusida shunday ish va maosh bo‘lib tursa, issiq o‘rnini sovutib Rossiyaga ketishiga hojat yo‘qligini aytgandi. Ota-onasi ham uni endi hech qayerga qo‘yib yubormaslikka qaror qilgandi. Ish borasidagi mavhumlikdan so‘ng, u yana Rossiyaga yo‘l olgan.
    Olti-yetti nafar brigadir edik, shundan uch-to‘rt nafarini olib qolib, qolganiga javob beramiz, degandek gap bo‘layotgandi. Shuning uchun, “ertaga javob berib yuborsa, yana ishsiz qolib ketmay” deb, buyoqda ish chiqib qolgandi — kelaverdik-da. Uydagilarga ham tushuntirdim, ishlab kelmasam bo‘lmaydi, deb. Xudoga shukr, otamni ham Hajga jo‘natdik.

    Ahror Isoqov

    Ahror Isoqov.

    Ahror Isoqov.
    Foto: “Daryo”

    Aqto‘be fojiasidan keyin bergan ilk intervyusida Ahror Isoqov Tashkent City’da ishlash niyati borligini ma’lum qilgandi. Uning bu istagi yaqin orada amalga oshishi ham mumkin.

    IES qurilishida birga ishlagan turk firmasi rahbarlari Tashkent City’dan ham obyekt olibdi, “Shu yerga kelasan, birga ishlaymiz”, deyapti. Nasib qilsa, balki, yaqin orada O‘zbekistonga qaytib ham qolarmiz. Hokimiyatga borib, “menga ish topib ber” deyish, to‘g‘risi, sal hijolatli. Lekin qayerda bo‘lsa ham, ishimni ko‘rsatib, ishlay olaman.

    Ahror Isoqov

    Aslida Ahror uchun yurtiga qaytishga yana bir arzigulik sabab bor. 30 dan oshganida ilk farzand — o‘g‘illi bo‘ldi. Unga yaxshi niyatlar bilan Imronbek deb ism qo‘yishdi.

    Imronbek.

    Imronbek.
    Foto: “Daryo”

    Isroil Mirzaahmedov: O‘zimga qolsa, hoziroq oilam bag‘riga qaytib ketardim. Lekin buning iloji yo‘q

    39 yoshli Isroil Mirzaahmedov oilada katta o‘g‘il hisoblanadi. U ota uyida ikki ukasi va ularning oilalari bilan yashagan. 2019-yilning boshida ko‘p qavatli uyning 4-qavatidan ipoteka kreditiga 2 xonali kvartira olgan. Isroilning turmush o‘rtog‘i Matlubaxon Mirzaahmedovaning so‘zlariga ko‘ra, 87 million so‘mga baholangan 2 xonali kvartirani 10 million so‘m boshlang‘ich to‘lov bilan 20 yillik ipoteka asosida olishgan. Hozirda oila uy uchun har oy 550 ming so‘m to‘lov qiladi.

    Isroil Mirzaahmedov.

    Isroil Mirzaahmedov.
    Foto: “Daryo”

    Isroil ishlash uchun yana Rossiyaga borishga qaror qilgan, ammo deportatsiya qilingani tufayli Rossiyaga kirolmagan.

    Aslida yana Rossiyaga ketmoqchi edim, deportatsiyam bo‘lgani uchun majburlikdan Qozog‘istonga keldim. Qachon, qanday qilib deportatsiyaga tushib qolganimni o‘zim ham aniq bilmayman. Oxirgi marta 2016-yil fevralida Rossiyaga borganman, orada Qozog‘istonga chiqib-kirib yurdim. 2018-yil yanvarida Rossiyaga ketayotganimda nima bo‘lganini bilasiz.

    O‘zbekistonga qaytgach, IESda besh-olti oy ishladim. Qarasam, oylik juda past, 1,5 million so‘m maosh ro‘zg‘orga yetmayotgandi. Boz ustiga, kreditga namunali uy olganman — har oy 550 ming so‘m atrofida to‘lov qilish kerak. Shunday qilib, yana Rossiyaga borishga harakat qilib, taksida yo‘lga chiqdim. Rossiya chegarasida “deportatsiya qilingan ekansan”, deb qaytarib yuborishdi.

    Hozir Qarag‘anda (Qozog‘iston)dagi un zavodida 400 dollarga yaqin maosh olib ishlayapman, 300 dollarini uyga jo‘nataman. To‘rt farzandim bor — qizlarim katta bo‘lyapti, hademay ularni turmushga berish, o‘g‘ilchalarni esa o‘qitish kerak. Agar O‘zbekistonda ham 300—400 dollar maoshlik ish bo‘lganida edi, hech qayerga ketmay, o‘zimizda ishlardim, afsuski, bizda bunaqa maosh yo‘q.

    Hali ham o‘sha kunlarni eslasam yuragim orqasiga tortib ketadi. “Nega shu yerlarga yana keldim?” deb o‘ylab qolaman. O‘zi o‘sha safarga qishloqdan to‘rt kishi otlangandik. Fojiada yonimdagi o‘rindiqda o‘tirgan eng yaqin o‘rtog‘im Komiljon ham omon qolmadi. Shular yodimga tushib, siqilaman, ko‘zimga yosh keladi. Lekin nima qilasiz, tirikchilik ekanda...

    Isroil Mirzaahmedov

    Isroil Mirzaahmedovning Namangandagi uyi.

    Isroil Mirzaahmedovning Namangandagi uyi.
    Foto: “Daryo”

    Matluba Mirzaahmedova.

    Matluba Mirzaahmedova.
    Foto: “Daryo”
    Shu yerda ishlasangiz bo‘lmaydimi deb xo‘jayinimga aytdim. Ammo iloji bo‘lmadi. Bu yerda oyliklari 1,5 million so‘m edi. Uy to‘lovi va bir etak farzandlar bilan umuman to‘play olmadik. “Ikki xonali uy bilan qizlarimizni chiqara olmaymiz, o‘g‘illarimizni uylantira olmaymiz”, dedik-da, “uy-joy qilamiz, hovli olmasak bo‘lmaydi”, dedilar. Yaxshi bo‘lsin deb rozi bo‘ldim.

    Matluba Mirzaahmedova

    Isroil Mirzaahmedovning farzandi va jiyani.

    Isroil Mirzaahmedovning farzandi va jiyani.
    Foto: “Daryo”

    Isroil may oyiga qadar Qozog‘istonda ishlab turmoqchi. Keyin esa yana Rossiyaga ketishni niyat qilgan.

    Hozir ishlab olmasam, hash-pash deguncha umr o‘tib ketadi. Ikki xonali uyda qolib ketmasmiz — hovli-joy qilish niyatimiz bor. Bu yerda ham ish oson bo‘layotgani yo‘q. Un chiqaramiz, yuklaymiz. Bir kunda bir odamning ustida 30—35 tonna yuk o‘tib ketadi...

    Qarag‘andaga avtobusda keldim, xuddi 2018-yil yanvarida yonib ketgan avtobusdek avtobusda, chunki samolyot va poyezd qimmat, shundan boshqa avtobus yo‘q. Boshqa vatandoshlar ham shunday kelyapti, iloji yo‘q, hamma masala borib pulga taqaladi.

    Bu yerlarda ilojsizlikdan kelib ishlayapman. Men ham farzandlarimni sog‘inaman. O‘zimga qolsa, hoziroq ona yurtimga, oilam bag‘riga qaytib ketardim. Lekin buning iloji yo‘q — qaytib ketsam, kredit va ovqatga pulni qayerdan olaman, kim beradi? Bersa ham qarzga beradimi — bir kun o‘tmay qaytar deb so‘rab chiqadi. Bu narsalar menga yoqmaydi, yoqmaganligi uchun ham shu yerlarda ishlab yuribman.

    Isroil Mirzaahmedov

    Isroil Mirzaahmedov.

    Isroil Mirzaahmedov.
    Foto: “Daryo”

    Ahror Isoqov va Isroil Mirzaahmedov bilan uyushtirilgan bir yarim yil avvalgi intervyu-reportaj shunday so‘zlar bilan yakunlangan edi: “Ularning ko‘nglini xotirjam qiladigan holat shuki, erta-indin To‘raqo‘rg‘onda yana bir gigant korxona — Hyundai zavodi qurilishi boshlanadi...”. Bunda ular IES qurilishi yakuniga yetganidan keyin ham ishsiz qolmasligi, hududda yaxshi maosh to‘lanadigan munosib ish o‘rinlari yaratilishiga bir mujda bor edi. Baxtga qarshi, 2018-yil noyabrida tamal toshi qo‘yilgan, 2019-yil aprelida qurilishi boshlangan (tamal toshi qo‘yishning o‘zi qurilishning boshlanishini anglatmaydimi, deging keladi) birgina avtozavod loyihasi bilan (u ham chalajon bo‘lsa, urdi Xudo!) bu muammoni hal qilib bo‘lmaydi. Hal qilib bo‘lmaganini dahshatli fojiadan so‘ng ham oila boqish, orzu-havaslarga yetish niyati bilan yana sovuq o‘lkalarga jo‘nab ketgan Ahror va Isroil hikoyalari isbotlab turibdi.

    Azizbek Abduvaliyev suhbatlashdi, Dilshod Sharipov nashrga tayyorladi

    Boshqa fojia haqida:

    • Ularning orzusi — o‘qish, uylanish, darvozani yangilash, Yangi yilni uyda nishonlash edi. Yunusobod metrosidagi fojia qurbonlari haqida

    18.01.2020, 20:48   Izoh (0)   96524
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Gruziya ham o‘ziga xos model tanlamagan” — vazir o‘rinbosari “Davletovuz” kanali taklifiga munosabat bildirdi

    18.01.2020, 18:29

    Yaponiya meditsina assotsiatsiyasi raisi: Tabobat bilan shug‘ullanuvchilarga yanada ko‘proq erkinlik berish kerak

    18.01.2020, 17:48

    Farg‘ona viloyatida “Kamaz”ga 4 ta Nexia urildi. Bir kishi halok bo‘ldi

    18.01.2020, 17:06

    Vazir o‘rinbosari: Gaz yo‘qligi tufayli elektr stansiyalari ishlamayapti

    18.01.2020, 16:02

    O‘zbekistonda qurol uchun ruxsatnoma qanday tartibda olinishi ma’lum bo‘ldi

    18.01.2020, 15:42

    Chirchiqda omborxonadan saqich, tamaki va qariyb 4 mln so‘m o‘g‘irlagan fuqaro qo‘lga olindi

    18.01.2020, 15:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda OTB ishtirokida 3,6 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 11 may, 15:00

    Shahboz Sharif Hindiston bilan o‘t ochishni to‘xtatishni Pokistonning “g‘alabasi” deb atadi

    Dunyo | 11 may, 14:28

    Ishqiy munosabatlarini uzoq vaqt sir tutgan yulduzlar

    Layfstayl | 11 may, 14:17

    “Qimmatbaho taqinchoqlar va kiyim-kechaklardan o‘zini cheklardi” — Qozog‘iston prezidenti onasi va eng qiyin damlari haqida gapirdi

    Dunyo | 11 may, 13:55

    UFC. Ramazon Temirov navbatdagi jangini qozog‘istonlik sportchiga qarshi o‘tkazadi

    Sport | 11 may, 13:43

    Buxoro va Xorazmni bog‘lovchi yo‘lni chigirtkalar bosdi (video)

    O‘zbekiston | 11 may, 13:25

    Putin Ukrainaga hech qanday shartlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara o‘tkazishni taklif qildi

    Dunyo | 11 may, 12:55

    Farzandlarining aktyor bo‘lishini xohlamaydigan Gollivud yulduzlari

    Layfstayl | 11 may, 12:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.