Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yonib ketgan avtobusdan omon qolgan besh kishidan ikki nafari O‘zbekiston, uch nafari Qozog‘iston fuqarolaridir. Bu haqda operativ shtabga tayanib, TengriNews xabar berdi.

Foto: Qozog‘iston IIV FVQ

Qozog‘iston fuqarolari avtobus haydovchilari bo‘lgan va ularning barchasi yong‘indan omon qolgan.

Omon qolgan o‘zbekistonliklarning ism-shariflari:

Ahror Isoqov, 1988-yilda tug‘ilgan,

Isroiljon Mirzaahmedov, 1980-yilda tug‘ilgan.

Avtobus yonishidan omon qolganlar yengil kuyish jarohatini olgan.

18-yanvar kuni tongda Samara—Chimkent trassasining Aqto‘be viloyatidan o‘tgan qismidagi yo‘lda salonida 57 kishi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 52 o‘zbekistonlik halok bo‘ldi.