Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yonib ketgan avtobus egasi haqida ma’lumotlar chop etildi. Aniqlanishicha, u yo‘lovchi tashish litsenziyasiga ega bo‘lmagan, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: Qozog‘iston FVV

Avtobus egasining ismi — Mextiyev O‘rduxon Sobiro‘g‘li. Uning nomida uchta avtobus bor. Ayni paytda u huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qidirilmoqda.

Yonib ketgan avtobus 1989-yili ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2016-yilda texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan.

“Avtobuslardan biri Chimkentda ro‘yxatdan o‘tgan. Men bugun u yerga bordim, u uyda emas ekan. Ikkinchisi — Oqtosh qishlog‘ida, uchinchisi Jibek Jo‘li qishlog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan. U yerlardan ham topolmadik”, — ma’lum qildi transport qo‘mitasining Janubiy Qozog‘iston viloyati bo‘yicha transport nazorati inspeksiyasi rahbari o‘rinbosari Oleg Petuxov.