UzAuto Motors kompaniyasi imkoniyati cheklangan, oyoqlarida nuqsoni bo‘lgan haydovchilarga moslashtirish uchun, qo‘l bilan boshqariladigan maxsus qurilma bilan qayta jihozlashni boshladi.
Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, qo‘lda boshqarish qurilmasi xaridorning buyurtmasiga asosan Cobalt, Gentra hamda Spark rusumli avtomobillarga rasmiy dilerlik markazlarida o‘rnatiladi. Qurilma O‘zbekiston davlat standartlashtirish agentligining barcha talablariga javob beradi.
Tayanch-harakat a’zosi funksiyasi buzilgan haydovchilar uchun mo‘ljallangan maxsus moslama faqat to‘liq qurilmaning zaruriy elementlari bilan jihozlangan.
Uskunani o‘rnatish bo‘yicha savollar bilan vakolatli dilerlarga murojaat qilishi mumkinligi ta’kidlangan.
Izoh (0)