• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Budjet tizimi budjetlarining chet el valyutasidagi mablag‘lari g‘azna ijrosi tartibi e’lon qilindi

    Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining chet el valyutasidagi mablag‘larining g‘azna ijrosi tartibi to‘g‘risida”gi qarori jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Qaror loyihasiga ko‘ra:

    • budjet tashkilotlarining, budjet mablag‘lari oluvchilarning hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining chet el valyutasidagi operatsiyalari ijrosi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan g‘azna ijrosi yo‘li bilan amalga oshiriladi;
    • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan budjet tashkilotlari, budjet mablag‘lari oluvchilar hamda davlat maqsadli jamg‘armalari uchun chet el valyutasida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari ochiladi;
    • budjet tashkilotlari va davlat maqsadli jamg‘armalari tomonidan tijorat banklarida chet el valyutasidagi bank hisob raqamlarini ochilishi taqiqlanadi.
    • O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining chet el valyutasidagi mablag‘larining g‘azna ijrosi tartibi to‘g‘risidagi nizomda aytilishicha, har bir chet el valyutasi bo‘yicha alohida yagona g‘azna hisobvarag‘i (YAG‘H)lar ochiladi.
    • Budjet tizimi budjetlarining chet el valyutasidagi mablag‘lariga G‘aznachilik tomonidan YAG‘Hdan foydalangan holda xizmat ko‘rsatish chet el valyutasidagi mablag‘larini kirim qilish, to‘lovlarni amalga oshirish, hisobini yuritish (valyuta operatsiyalar) orqali amalga oshiriladi.
    • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki axborot tizimlari o‘rtasida elektron raqamli imzo qo‘llanilgan holda axborot almashiniladi.
    • Qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan chet el valyutasida to‘lanadigan to‘lovlarni qabul qilish uchun belgilangan tartibda tushumlar bo‘yicha chet el valyutasidagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarini (ShG‘H) ochish va yopish G‘aznachilik tomonidan amalga oshiriladi.
    • Buyurtmachilarning chet el valyutasidagi tushumlari (mablag‘lari) YAG‘Hga kirim qilinadi hamda ularning ShG‘Hlarida aks ettiriladi.
    • Buyurtmachilarning xarajatlari (to‘lovlari) ShG‘Hlari qoldiqlari doirasida YAG‘Hdan G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan axborot tizimida amalga oshiriladi.
    • Moliya vazirligining chet el valyutasidagi operatsiyalarining hisobi valyuta turlari bo‘yicha G‘aznachilik tomonidan ochiladigan alohida ShG‘Hlarida yuritiladi.
    • Moliya vazirligining chet el valyutasidagi operatsiyalari G‘aznachilik tomonidan amalga oshiriladi.
    • Moliya vazirligining chet el valyutasi yoki milliy valyutasidagi mablag‘larini milliy valyutaga yoki chet el valyutasiga konvertatsiya qilish hamda to‘lovlarni amalga oshirish G‘aznachilik tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladigan buyurtma va to‘lov topshiriqnomalar asosida amalga oshiriladi.
    • O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el hukumatlar moliya tashkilotlarining qarz va kredit mablag‘larini jalb qilgan tashkilotlar qarz mablag‘larni qaytarish jadvali asosida mablag‘larni G‘aznachilikning tegishli YAG‘Higa o‘tkazib beradi.
    • O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida jalb qilingan xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarzlari va kreditlarining qaytarilishi bo‘yicha to‘lovlar G‘aznachilik tomonidan chet el valyutasidagi YAG‘Hdagi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
    • Moliya vazirligining ShG‘Hlardagi bo‘sh turgan mablag‘lardan samarali foydalanish maqsadida chet el valyuta mablag‘lari G‘aznachilik tomonidan Markaziy bankka depozitga joylashtirilishi mumkin.
    • Markaziy bank tomonidan depozitga qabul qilingan Moliya vazirligining chet el valyutasidagi mablag‘lari va ularning qoldiqlari bo‘yicha to‘liq ma’lumot vazirlikning yozma murojaatiga asosan taqdim etiladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan xorijiy moliya institutlaridan jalb qilingan chet el valyutadagi qarz mablag‘lari, shuningdek Moliya vazirligining ShG‘Hlardagi vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lar G‘aznachilik tomonidan quyidagi yo‘nalishlarga:
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq maqsadli ssudalar berishga;
    • tijorat banklariga chet el valyutasidagi kredit liniyalarini tijorat banklari orqali ajratilishiga;
    • O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el hukumatlar moliya tashkilotlarining qarzlarini qoplashga ajratiladi.
    Budjet tizimi budjetlarning ShG‘Hlarini yuritish uchun tegishli valyuta turlari bo‘yicha axborot tizimida G‘aznachilik tomonidan:
    • buyurtmachilarga ShG‘Hlar ochish muvofiq shakldagi arizaga;
    • buyurtmachilarning ShG‘Hlarni yopish muvofiq shakldagi arizaga asosan amalga oshiriladi.
    • SHG‘Hlardan to‘lovlarni amalga oshirish uchun buyurtmachi G‘aznachilik yoki uning tegishli hududiy boshqarmalariga belgilangan tartibda tasdiqlangan shakl bo‘yicha imzolar namunalari va muhr izi kartochkasini taqdim etadi.
    • Buyurtmachi chet el valyutacini sotib olish uchun muvofiq shaklda, chet el valyutasini sotish uchun muvofiq shaklda G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalariga buyurtma taqdim etadi.
    • Buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan buyurtma G‘aznachilik yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan tekshiriladi hamda xatoliklar aniqlanmaganda, elektron shakldagi buyurtmanoma G‘aznachilik tomonidan shakllantiriladi.
    • Bunda G‘aznachilik chet el valyutasini xarid qilish uchun buyurtmanomani elektron raqamli imzodan foydalangan holda bir bank ish kunida Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha ekspert guruhi tomonidan ko‘rib chiqilganidan so‘ng, Markaziy bankka yuboradi.
    • G‘aznachilik tomonidan yuborilgan buyurtmanoma Markaziy bank uchun banklararo savdo sessiyasida chet el valyutasini xarid qilish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
    • Buyurtmalar ijro qilinganidan so‘ng G‘aznachilik va uning hududiy boshqarmalari uning bir nusxasini SHG‘Hidan muvofiq shakl bo‘yicha ko‘chirma bilan birga buyurtmachiga taqdim etadi.
    • G‘aznachilik Markaziy bank tomonidan qaytarilgan buyurtmalarda xatoliklar aniqlangan hollarda xatoliklar aniqlangan kundan keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan, elektron shaklda yuborilgan hollarda esa shu kunning o‘zida kamchiliklarni asoslantirgan holda to‘g‘rilash uchun mazkur buyurtmani unga ilova qilingan ko‘chirma nusxasi bilan birga buyurtmachiga qaytaradi.
    • G‘aznachilik tomonidan taqdim qilingan chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha buyurtmanomalar Markaziy bank ekspert guruhi tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
    • G‘aznachilikda chet el valyutasini xarid qilish buyurtmanomalarini ko‘rib chiqish uchun ekspert guruhi tuziladi. Ushbu ekspert guruhning tarkibi va ishlash reglamenti Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
    • G‘aznachilik tomonidan Moliya vazirligining chet el valyutasidagi operatsiyalarini amalga oshirishda chet el valyutacini sotib olish va sotish uchun elektron shakldagi buyurtmanomani shakllantirib elektron raqamli imzodan foydalangan holda Markaziy bankka yuboradi.
    • Maxsus valyuta hisobvaraqlariga qo‘shib qo‘yilgan mablag‘lar qat’iyan maqsadli ravishda tuzilgan shartnomalarga muvofiq sarflanadi.

    30.12.2019, 14:34   Izoh (0)   17521
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2019-yilning so‘nggi kunida O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

    30.12.2019, 13:33

    O‘zbekistonda dollarninig rasmiy kursi pasayishda davom etmoqda

    30.12.2019, 13:15

    Surxondaryoda qariyb 27 ming dona pirotexnika vositalari musodara qilindi

    30.12.2019, 12:37

    Surxondaryoda Lada va Nexia ishtirokidagi YTH oqibatida yo‘lovchilardan biri halok bo‘ldi

    30.12.2019, 11:59

    Andijonda “povorotnik”ni yoqmasdan burilgan Matiz YTHga uchradi. Yo‘lovchilardan biri halok bo‘lgan

    30.12.2019, 11:17

    Jizzaxda bojxonachilar tomonidan 20 ming dona pirotexnika vositalari to‘xtatib qolindi

    30.12.2019, 10:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.