Markaziy bank 31-dekabrdan valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Dollarning rasmiy kursi 31-dekabr kunidan 8,81 so‘mga arzonlashib, 1 dollar 9507,56 so‘mni tashkil etadi.
Yevro kursi esa 82,47 so‘mga oshib, 1 yevro 10 624,70 so‘mga yetadi.
Rubl kursi 0,23 so‘mga ko‘tariladi va 1 rubl 153,17 so‘mga teng bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi hafta pasaymoqda.
O‘tgan haftada dollarning rasmiy kursi 16,03 so‘mga arzonlashgan edi.
Izoh (0)