AQSh prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton mamlakatning Shimoliy Koreya masalasidagi siyosatini “samarasiz va muvaffaqiyatsiz” deb baholadi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Uning aytishicha, KXDRga maksimal darajada bosim o‘tkazilayotgani haqidagi gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
“Biz Shimoliy Koreya yadro qurolini qo‘lga kiritishiga yo‘l qo‘yilmaydi deb aytamiz. Biroq hozirda bu real siyosatdan ko‘ra ko‘proq safsatani eslatadi”, — dedi Bolton.
Boltonga ko‘ra, AQSh va ittifoqdoshlari qo‘shinlari uchun xavf-xatar yaqqol ko‘rinib turibdi. Shu bois Pxenyan Vashingtonga tahdid soladigan texnologiyani qo‘lga kiritmay turib samaraliroq siyosat yuritish talab etiladi.
Izoh (0)