Noma’lum shaxslar Meksikadagi Xalap shahri meri Arturo Velaskesni Yangi yil munosabati bilan uyushtirilgan kechada otib o‘ldirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisada shahar ma’muriyati xodimi Xavyer Terrero ham halok bo‘lgani aytilmoqda.
Jinoyatchilar bayram bo‘lib o‘tayotgan binoga kirib borib, o‘t ochgan. Shundan so‘ng voqea joyidan yashiringan.
Hozirda politsiya holat yuzasidan tergov olib bormoqda
Izoh (0)