• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Kechikkan “El-Klasiko”

    Kataloniyadagi tartibsizliklar sabab millionlab muxlislar orziqib kutgan “Barselona” hamda “Real” o‘rtasidagi uchrashuv 26-oktabrda emas, balki 18-dekabrda bo‘lib o‘tishi qaysidir ma’noda muxlislarning hovurini biroz bo‘lsa-da bosilishga olib keldi. Biroq jamoalar “El-Klasiko”ga shunday ko‘rinishda yetib keldiki, o‘yinga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi, nazarimizda.

    Foto: DGS

    Foto: DGS
    Boisi, La Ligada 17-tur ortda qoldi. 16 tadan o‘yin o‘tkazgan ikkala jamoaning ochkolari teng. To‘purarlar borasida ham tenglik. Messi va Benzema raqiblarini bir xil 12 martadan ranjitishga erishdi. To‘g‘ri, bu jamoalar maydonga tushganda musobaqa jadvalidagi o‘rin ahamiyat kasb etmaydi. Lekin “Kamp Nou”dagi o‘yin bu safar boshqacharoq, ya’ni musobaqa peshqadamligi uchun kechishi ham rad etib bo‘lmas fakt.

    Mavzuga doir: “Barselona” yana “Real”ga qarshi. “El-Klasiko” borasidagi bilimlaringizni sinab ko‘ring

    “Barselona”

    “Barselona” ham avvalgi “El-Klasiko”lardan farqli o‘laroq hozir o‘ta optimal formasida emas. To‘g‘ri Leo Messi va Luis Suares tandemi so‘nggi o‘yinlarda raqiblarning dodini bermoqda. Yozda 125 million yevroga sotib olingan Antuan Grizmann esa hamon katalon klubiga moslashish bilan band. Har holda uning o‘yinlari shuni ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, klubning ko‘plab muxlislari “Barselona” ko‘rsatayotgan o‘yin va Ernesto Valverdening ishidan norozi. Ammo Messi deb atalmish dahoning borligi ushbu jamoadagi kamchiliklarni yopib qo‘yayotgani ayni haqiqat. Biroq Messi ham butun jamoa emasligi Mersisayd, Rimdagi kabi (o‘tgan yilgi Chempionlar Ligasi yarim finalida “Liverpul”ga yutqazgandi, undan oldin esa “Roma”ga) bahslarda ko‘rinib qoladi. Shunday ekan, bugungi o‘yinda “Barselona” yaqqol favorit emas. Ammo Messi va “Kamp Nou” bugun “Barselona”ning biroz bo‘lsa-da ustunligini o‘zida ifoda etadi. Katalonlar darvoza va maydon markazidan xavotirlanmasa bo‘laveradi. Markazda ilk “El-Klasiko”sini orziqib kutayotgan Frenki de Yong allaqachon kataloniyaliklar yoqimtoyiga aylanib ulgurdi. Serxi Buskets esa bir maromda o‘ynashni davom ettirmoqda. Faqatgina Artur jarohat sabab bugungi bahsni o‘tkazib yuboradi. Uning o‘rnini esa Ivan Rakitich hamda Arturo Vidal yopishga harakat qiladi. Biroq himoya haqida bunday deb bo‘lmaydi. Himoyada muammolar borligini jamoaning ko‘p gol o‘tkazib yuborayotganidan ham bilsa bo‘ladi. Ammo darvozadan ko‘ngilni to‘q qilish mumkin. Boisi Mark Andre ter-Shtegen ayni damda dunyoning eng yaxshi posbonlaridan biri ekanligini deyarli har bir bahsda isbot etmoqda.

    Mavzuga doir: Raqamlar so‘zlaganda: “Barselona” — “Real” o‘yiniga oid qiziqarli fakt va statistikalar

    “Real”

    “Real” haqida ham “Barselona”ga uyqash fikrlarni bildirish mumkin. Zinedin Zidan klub boshqaruviga qaytganidan beri yangi jamoani shakllantirish bilan ovora. Nimadir endi o‘xshadi deb turganda, kutilmagan jarohatlar “Real”ga xalaqit berib qo‘ymoqda. Avvaliga Markos Asensio, Xames mana endi Marselo va Azar. Yozda katta umidlar bilan olib kelingan Eden Azar jamoaga endi moslashib ulgurdi degan vaqtda jarohat oldi. Ha, Azarning so‘nggi bahslaridagi harakatlari uning “Qirollik klubi” yetakchisiga aylanayotganidan dalolat beradi. To‘g‘ri, u kam gol urmoqda, biroq uning maydonda bajarayotgan foydali ish koeffitsiyenti sabab Karim Benzema La Ligada to‘purarga aylandi. 18 yoshli Rodrigo esa jamoaning ikkinchi raqamli to‘purari bo‘lib turibdi. Azarning butun maydon bo‘ylab harakatlanishi va raqiblarning uni yopishga intilishi sababdan Benzema va Rodrigo juda katta bo‘sh hududga ega bo‘lmoqda. Azarning jarohati jamoa o‘yiniga ta’sir qilmasdan qolmaydi, albatta. Marseloning jarohati haqida ham shunday fikr bildirish mumkin. To‘g‘ri, Ferlan Mendi bor, biroq uning hujumdagi faolligi braziliyalik darajasida emas. “Real” muxlislarini xursand qiladigan bir jihat bor. Bu ham bo‘lsa, Zidanning yangi topilmasi — Federiko Valverde. Zidan “Real” boshqaruvini birinchi marta qo‘lga olganda Kazemiro maydon markazidagi asosiy bo‘g‘in vazifasini o‘tagandi. Hozir esa Kroos va Kazemiroga asosiy yordamchi vazifasini Modrich emas, balki Valverde o‘tab bermoqda. Aynan uning o‘ng qanotga yaqin hududdagi ishonchli harakatalari sabab 2018-yilgi “Oltin to‘p” sohibi Luka Modirch ko‘plab o‘yinlarni zaxiradan kuzatishga majbur bo‘lmoqda. Vaqtida Zidan Mateo Kovachichni Leo Messiga “qo‘riqchi” sifatida qo‘ygan va xorvat buni yaxshi uddalagan edi. Bugung ham, balki, Fede shunday vazifani bajarishi ehtimol.

    Mavzuga doir: “El-Klasiko” oldidan murabbiylar va futbolchilar qanday fikrda?

    Uchrashuv uchun taxminiy tarkibimiz esa quyidagicha:

    “Barselona”: Ter-Shtegen — Serxi Roberto, Pike, Langle, Xordi Alba — Rakitich, Buskets, De Yong — Grizmann, Suares, Messi.

    “Real”: Kurtua — Ramos, Varan, Karvaxal, Mendi, — Kroos, Kazemiro, Valverde — Beyl, Benzema, Rodrigo.

    Demak, o‘tkazib yubormang — 19-dekabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da “Kamp Nou”da: Kechikkan “El-Klasiko”.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    18.12.2019, 20:42   Izoh (0)   45285
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik yana bir bokschi professional ringda debyut qiladi

    18.12.2019, 17:47

    Raqamlar so‘zlaganda: “Barselona” — “Real” o‘yiniga oid qiziqarli fakt va statistikalar

    18.12.2019, 17:13

    “Barselona” yana “Real”ga qarshi. “El-Klasiko” borasidagi bilimlaringizni sinab ko‘ring

    18.12.2019, 15:57

    “El-Klasiko” oldidan murabbiylar va futbolchilar qanday fikrda?

    18.12.2019, 14:49

    Inqiroz tufayli 12 ta mamlakatga bo‘lib berilgan Yevro—2020. Bu qanday sodir bo‘lgandi?

    18.12.2019, 14:21

    Angliyada muxlislar talqiniga ko‘ra 2019-yilning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

    17.12.2019, 19:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ayol plastik operatsiya uchun 2,4 mln dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 iyul, 00:10

    G‘azo talabalari urush boshlangandan buyon ilk bor imtihon topshiradi

    Dunyo | 20 iyul, 23:46

    Rossiya Shahed dronlarini ishlab chiqaradigan zavod namoyish qilindi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 23:30

    Eron Isroil hujumlarida shikastlangan havo mudofaa tizimlarini yangiladi

    Dunyo | 20 iyul, 23:05

    Ko‘kdaladagi portlash: voqea joyidan kechikkan reportaj

    O‘zbekiston | 20 iyul, 22:41

    Ilon Mask bolalar uchun Baby Grok ilovasini ishga tushiradi

    Dunyo | 20 iyul, 22:30

    Avtoritar tizim o‘zgarmaguncha Gruziya Yevropa Ittifoqiga qo‘shila olmaydi — YI parlamenti

    Dunyo | 20 iyul, 22:10

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.