• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “El-Klasiko” oldidan murabbiylar va futbolchilar qanday fikrda?

    Ispaniya Chempionatining qoldirilgan 10-tur uchrashuvi doirasida 18-dekabr, chorshanba kuni “Barselona” va “Real Madrid” jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

    Foto: Marca

    Foto: Marca

    Mazkur o‘yin oldidan har ikki jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Dastlab madridliklar ustozi Zinedin Zidan jurnalistlari savollariga javob qaytardi.

    “Real”ning “El-Klasiko”ga qanday formada yetib kelgani haqida

    O‘ylashimcha, jamoa yaxshi formada. Biz so‘nggi vaqtlarda jismonan va ruhiy jihatdan yaxshi holatdamiz. Hozir biz uchun yaxshi vaziyat.

    Bunday sharoitda (Kataloniyadagi notinch vaziyatda) o‘yin o‘tkazish mumkinmi?

    Qoidaga rioya qilishga majburmiz, aytishlaricha, jamoalar mehmonxonadan bir vaqtda chiqadi. Boshqa tushuntirishlar kerak emas, yaxshi o‘yin o‘tkazishimiz muhim.

    O‘yin qoldirilishiga sabab bo‘ladigan biror voqea sodir bo‘lishidan qo‘rqmaysizmi?

    Yo‘q, biz bor kuchimizni maydonga tashlashimiz va faqat o‘z o‘yinimiz haqida o‘ylashimiz kerak. Qolgan narsalar haqida esa haftalab gapirish mumkin, biroq bu bizga kerak emas. Biz bu o‘yinda ishtirok etamiz.

    Agar provokatsiyalar bo‘lsa, hakam o‘yinni to‘xtatishi kerakmi?

    Hakamni o‘z holiga qo‘yish kerak, u ham biz kabi o‘z ishini bajarishni xohlaydi. U o‘yin yaxshi o‘tishi uchun maydonda bo‘lishi kerak, xuddi qolgan ikki jamoa kabi. Atrofda ko‘plab voqealar sodir bo‘lmoqda, biroq odamlar futbol ko‘rishni istayapti, bori shu.

    Federiko Valverdeda o‘z Pogbangizni ko‘rdingizmi?

    Biz shunchaki Valverdeni kashf qildik: u o‘z vazifasini ajoyib tarzda bajarmoqda, u klub uchun juda qimmatli. Bizda doim eng yaxshilar o‘ynaydi va Fede bu yerda o‘ynashga loyiqligini isbotlay oldi.

    Sizni klasikodan avval bezovta qilayotgan jihat bormi?

    Meni hech nima bezovta qilmayapti, hammasi joyida. Qolganlarda ham xuddi shunday: biz “El-Klasiko”da ishtirok etayotganimizdan xursandmiz. Bir vaqtlar mana shu o‘yinlar uchun yashaganimni eslayman. Bor e’tiborim faqat shu o‘yinda.

    Nima deb o‘ylaysiz, “Barselona”ning hakamlar ustidan shikoyat qilishi — bu klasiko oldidan uyushtirilgan o‘ziga xos bosimmi?

    Yo‘q, men bunday o‘ylamayman. Bu meni havotirga solmayapti va bu haqida bosh qotirganim ham yo‘q. Har kim o‘z fikrini bildirish huquqiga ega.

    Messini to‘xtatib qolish haqida

    Bu futbol o‘yini — bu yerda o‘n bir futbolchiga qarshi o‘n bitta o‘yinchi o‘ynaydi, plyus zaxira futbolchilari maydonga tushishi mumkin, biroq biz raqib qanday kuchga ekanini bilamiz. Ularda qanday futbolchi borligidan yaxshi xabardomiz, ammo bizning ham o‘z qurolimiz bor. Biz “Barselona”ga qarshi yaxshi o‘yin o‘tkazmoqchimiz.

    Bu o‘yinda to‘pni nazorat qilish asosiy faktorga aylanadimi?

    Yo‘q, bu borada havotirim yo‘q, boshqa ko‘plab jihatlar bor. Biz “Real”ning eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishimiz kerak.

    Beylning o‘yinga tayyorligi haqida

    Beyl biz bilan, u yaxshi shug‘ullanmoqda. Garet jamoa uchun muhim o‘yinchi va buni har doim isbotlagan. U boshqalar kabi o‘yinga tayyor, bunga shubham yo‘q.

    Bir vaqtlar Messini individual qo‘riqlash uchun Kovachichdan foydalangan edingiz: bu bir o‘yinda qo‘l kelgan, keyingisida esa — yo‘q. Bu usuldan yana foydalanasizmi?

    Har bir o‘yinning o‘z tarixi bor. Mateo Messini yopish uchun to‘g‘ri keladigan o‘yinchi edi, shu sabab mana shu qarorga kelgandim. Biroq hozir boshqa o‘yin, boshqa tarix.

    “Real” o‘z maydonidan ko‘ra “Kamp Nou”da yaxshiroq o‘ynaydi deb hisoblaysizmi?

    Bilmadim, bu jismoniy formaga bog‘liq. Butun 90 daqiqa davomida har bir chiziqda eng yaxshi o‘yinni ko‘rsatish zarur. Qandaydir farq bor deb o‘ylamayman, biz bu stadionda ham boshqasida ham yuqori saviyali o‘yin ko‘rsatishimiz mumkin.

    Boshdan kechirganlaringizdan kelib chiqib, o‘yin oldidan qanday fikrdasiz?

    Men shunchaki o‘yin haqida o‘ylayapman, chunki bu biz uchun navbatdagi uchrashuv. Biz barchamiz, murabbiylar shtabi ham, futbolchilar ham bor e’tiborni shu o‘yinga qaratganmiz. Biz xuddi “Real” kabi ko‘tarinki mavsum o‘tkazayotgan jamoaga qarshi o‘ynaymiz. Umid qilamanki, chiroyli o‘yinga guvoh bo‘lamiz va meni natija emas qanday o‘yin ko‘rsatishimiz ko‘proq o‘ylantirmoqda. Vaziyat tezda o‘zgaradi, agar men har kuni kelajagim haqida o‘ylayverganimda u holda boshqa kasb tanlashimga to‘g‘ri kelardi.

    Zinedin Zidan, “Real” bosh murabbiyi

    Shundan keyin, mezbonlar ustozi Ernesto Valverde o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

    Foto: Marca

    Foto: Marca
    Jamoalar klasikoga teng ochko jamg‘argan holda yetib keldi. Bu prinsipiallik yanada oshishini anglatadimi?

    Hozirda birinchi davra o‘yinlarida qatnashyapmiz, oldinda o‘yinlar ko‘p. Har ikki jamoa o‘yindan keyin oldinga o‘tib olishni istaydi, biroq nima bo‘lgan taqdirda ham oldinda mavsumning katta qismi turibdi. Hozir biz tengmiz: albatta, bu uchrashuv bilan avvalgilari orasida farq bor, biroq “El-Klasiko”da o‘ynar ekansan, u holda imkoniyatlar doim teng.

    Vazityaning o‘zgacha ekani sizga yuz foizning hotirjamlik beryaptimi?

    O‘zgarish katta emas, biroq sezilarli darajadi. Biz odatda safar o‘yinlarida shunday qilamiz — mehmonxonaga boramiz va maydonga yo‘l olamiz. (Eslatib o‘tamiz, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida jamoalar bitta mehmonxonaga joylashtirilgan — izoh tahririyat)

    Maydon tashqarisida ko‘plab voqealar sodir bo‘lmoqda. Siz bu haqida kiyinish xonasida gapirasizmi?

    Biz nimalar sodir bo‘layotganidan xabardormiz, biroq o‘yinlar oldidan ajiotaj yuzaga kelishiga ko‘nikib qolganmiz. Bizni ko‘proq o‘yinning o‘zi o‘ylantirmoqda. Qolgan jihatlarga esa aralasha olmaymiz.

    “El-Klasiko”ni boshqa kunga surish kerakmidi?

    O‘sha vaqtda o‘yin o‘z vaqtida o‘tkazilsa yaxshi bo‘lardi deb o‘ylagandim. Bu uchrashuv borasida ham xuddi shunday fikrdaman. Biz muammosiz o‘ynaymiz, hech narsa sodir bo‘lmaydi.

    Jamoalar kuch jihatidan tengmi?

    So‘nggi ikki oydan beri kuchlar teng, men buni ko‘ryapman. Qaysidir vaqtda biz birinchi o‘rinda edik, biroq “Real” 95-daqiqada gol urdi va biz yana tenglashdik. Jamoalar bir-biriga juda o‘xshash va bu o‘yinda imkoniyatlar 50 ga 50.

    “Barselona” klasikoda “Real”dan ko‘ra yaxshiroq harakat qilishi haqida

    So‘nggi vaqtlarda safardagi natijalarimiz yaxshiroq bo‘ldi, uyda esa qiynichiliklarga duch keldik: La Ligada 5:1 hisobida ustun keldik, biroq o‘z uyimizdagi Kubok bahsi va Primera o‘yinida durang bo‘ldi. Barselonada “Real” yaxshiroq o‘ynaydi, aynan mana shunday jamoani kutmoqdamiz.

    “Real” “Barselona”ga qaraganda bir kun kam dam oldi. Bu sizga ustunlik beradimi?

    Dam olish uchun uch kun emas, to‘rt kunga ega bo‘lish — bu kichik ustunlik. Agar o‘yin qoldirilmay o‘z vaqtida o‘tkazilganda, u holda bizda dam olish uchun kamroq fursat bo‘lardi. Alabatta, bunday o‘yinlar oldidan jamoalar bor kuchi bilan tayyorgarlik ko‘radi va motivatsiyaga boy bo‘ladi. O‘tgan mavsum “Bernabeu”da chorshanba va shanba kunlari o‘ynadik, ikki jamoa ham ishtiyoq yuqori darajada edi. Bunday o‘yinlar bor kuchni so‘rib oladi, biroq futbolchilar borlarini maydonga tashlaydi.

    Benzemani bloklash qay darajada muhim?

    U mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazmoqda, ko‘plab gollar uryapti. U “Real”ning eng yaxshi to‘purari, uni qo‘riqlash juda muhim.

    Bu o‘yinda so‘nggi yillardagi klasikolardan farqli ravishda kuchlar tengmi?

    Nima bo‘lishidan qat’iy nazar “El-Klasiko”da kuchlar doim teng. Biroq La Ligada ochkolar bir xilligi, jamoalar haqiqatda bir-biriga teng ekanini anglatadi. Ozgina ustunlik bu o‘yinda g‘alabaga imkon yaratadi.

    VAR tizimi haqida

    VAR bahs-munozaralarni to‘xtata olmasligi ayon, chunki futbolga turli qarashlar sabab bahslar har doim bo‘laveradi. O‘ylashimcha, Pike bilan yuzaga kelgan vaziyatda (avvalgi o‘yinda) penalti bor edi.

    Azar o‘ynamaydi va “Real”ning uslubi o‘zgaradi. Bu siz uchun nimadir o‘zgartiradimi?

    Biz raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimiz zarur. Bu juda muhim, chunki “Real”da variantlar ko‘p. Ularning uslubi qanday bo‘lishini bilmayman, balki Beyl o‘ynar, balki — Isko yoki Rodrigo va Vinisius. Balki, to‘rtta markaziy yarim himoyachi bilan o‘ynar — biz har qanday vaziyatga tayyor bo‘lishimiz kerak.

    Tayyorgarlik nuqtai nazaridan bu klasiko eng qiyini bo‘ldimi?

    Yo‘q, har bir “El-Klasiko” qiyin. Ikki yil avval biz La Liga oxirlab qolganida o‘ynagandik, hozir esa turnir jadvalida kuchlar teng.

    “Barselona”ning ko‘plab futbolchilari uchun bu birinchi “El-Klasiko”...

    Xuddi shunday, ular buni his qilib ko‘rish imkoniyatga ega. Bu o‘ziga xos o‘yin: boshqa saviya, bu kiyinish xonasidan chiqishing bilan ta’sir qiladi.

    Ernesto Valverde, “Barselona” bosh murabbiyi

    Shuningdek, futbolchilar ham o‘yin oldi fikrlarini bildirdi.

    Foto: Twitter/@FCBarcelona

    Foto: Twitter/@FCBarcelona
    “Ayaks” safida o‘tgan yilgi “Real”ga qarshi o‘yin o‘ziga xos bo‘lgandi, biroq endi bizni butkul boshqacha o‘yin kutib turibdi. Bundan tashqari, men boshqa klubdaman, shu sabab hammasi boshqacha bo‘ladi.

    Bu men uchun birinchi klasiko va juda hayajonlanyapman. Men “Barselona” va “Real” ishtirokidagi har bir o‘yinni TV orqali tomosha qilganman, men uchun eng sevimlisi — “Kamp Nou”da 5:0 hisobida tugagan o‘yin.

    Frenki de Yong, “Barselona” futbolchisi

    Foto: Twitter/@FCBarcelona

    Foto: Twitter/@FCBarcelona
    “Barselona” o‘z maydonidan ko‘ra Madridda yaxshiroq natija ko‘rsatishi haqida

    Biz “Bernabeu”da o‘ynagan vaqtda ko‘plab bo‘sh xududlarga ega bo‘lamiz. Ular uyda hujum qilishga majbur, muxlislar bunga majbur qiladi. “Kamp Nou”da esa “Real” boshqacha o‘yin uslubida o‘ynaydi, ular bizning darvozamizdan ancha narida to‘p suradi. “Bernabeu”da 90 daqiqada teng o‘yin ketadi. Barselonada esa u biroz yopiq bo‘ladi.

    Eden Azar Krishtianu Ronalduning o‘rinini egallay oladimi?

    Azar — mahoratli futbolchi. U Krishtianudan farq qiladi, ularning salohiyati har xil. Ronalduning o‘rini to‘ldirish juda qiyin, biroq Azar ajoyib futbolchi.

    Zidanning tanqidlarga uchrayotgani haqida

    Bu hayron qoldiradi, biroq katta klublarda faoliyat yuritadiganlar buni odatiy qabul qiladi. Odamlar avvalgi qilgan ajoyib ishlaringni tezda unutadi va kundan kunga yangi natijalar kutadi.

    Zidan klubga qaytgan paytda u tomonidan yutib olingan uchta YChL sovrini endi ahamiyat kasb etmasligini va muxlislar yangi sovrinlar talab qilishini bilgan. Biz har doim shunday bosimda yashaymiz.

    Lionel Messi, “Barselona” hujumchisi

    Foto: Twitter/@FCBarcelona

    Foto: Twitter/@FCBarcelona
    Avvalari men bu aqlbovar qilmas bellashuvlarni televizor orqali tomosha qilardim, hozir esa unda ishtirok etishim mumkin. Bu o‘yindan hamma narsa kutiladi, o‘yinchilardan boshlanib, muxlislargacha. Bu o‘yinga yaxshi formada yetib borishga harakat qilaman. Bu juda muhim bahs bo‘ladi va men maydondagi har bir daqiqada rohat olaman.

    Karim Benzema haqida

    Odamlar doim Benzemaga shubha bilan qaraydi, u esa mavsumiga 15 yoki 20 ta gol uradi. U jahonning eng yaxshi “to‘qqizinchi raqam”laridan biri.

    Antuan Grizmann, “Barselona” hujumchisi

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    18.12.2019, 14:49   Izoh (0)   21993
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Inqiroz tufayli 12 ta mamlakatga bo‘lib berilgan Yevro—2020. Bu qanday sodir bo‘lgandi?

    18.12.2019, 14:21

    Angliyada muxlislar talqiniga ko‘ra 2019-yilning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

    17.12.2019, 19:55

    Xitoyda O‘zilning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bloklandi va fan klubi yopildi, TV esa “Arsenal” nomini ishlatmayapti

    17.12.2019, 16:02

    YChL 1/8 final qur’asi haqida faktlar so‘zlaganda: Gvardiola “Real”ni eng ko‘p mag‘lub etgan, Tuxel esa “Borussiya”ni umuman yuta olmagan murabbiy

    17.12.2019, 12:59

    Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi

    16.12.2019, 19:54

    Yevropa Ligasining 1/16 final bosqichiga qur’a tashlandi

    16.12.2019, 17:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Alisher Usmonovni “Dilbar” yaxtasi egasi deb atash taqiqlandi

    Dunyo | 13 may, 11:55

    O‘zbekistonda harorat 43 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 11:44

    Jahon kubogi. O‘zbekistonlik bokschilar musobaqani g‘alaba bilan boshladi

    Sport | 13 may, 11:43

    “Brilliant qo‘l” filmi yulduzi Nina Grebeshkova vafot etdi

    Layfstayl | 13 may, 11:41

    O‘zbekistonda “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

    O‘zbekiston | 13 may, 11:26

    Jonni Deppning sobiq rafiqasi Ember Hyord egizak farzandlarni dunyoga keltirdi

    Kino | 13 may, 11:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.