“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan xalqaro yo‘nalishlarda ikkita yangi yo‘nalish tashkil qilindi. Bu haqda kompaniya tomonidan xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 13-dekabridan boshlab “Termiz—Moskva—Termiz” yo‘nalishi bo‘yicha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, 2020-yil fevral oyidan boshlab “Andijon—Ufa—Andijon” yo‘nalishida poyezd qatnovi boshlanadi.
Kompaniya tomonidan qayd etilishicha, davlatlararo poyezdlarning yo‘lovchilari uchun maxsus chegirmalar mavjud. Xususan, oldindan sotib olish muddatiga ko‘ra chipta tarifining 55 foizigacha chegirmaga ega bo‘lish mumkin.
Izoh (0)