Angrenda 2 bosh qo‘y uchun 2,9 million so‘m miqdorida qalbaki pul bergan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura Axborot xizmati xabar bergan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, shahardagi mol bozorida ikki nafar noma’lum shaxs fuqaro E.A.ni aldab, 2 bosh qo‘yini 2,9 million so‘mga xarid qilishga kelishib, unga 1 dona 100 ming so‘mlik va 57 dona 50 ming so‘mlik qalbaki pullarni o‘tkazib, firibgarlik qilgani aniqlangan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)