4-dekabr, chorshanba kuni Andijon shahridagi ko‘p qavatli uyda portlash yuz bergani hamda hodisa oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.
Qayd etilishicha, ko‘p qavatli uyning portlashi natijasida jami 6 ta xonadon zarar ko‘rgan bo‘lib, asosan yong‘in kelib chiqishi taxmin qilinayotgan 2-qavatdagi 37, 38, 39-xonadonlar zararlangan. Uyning 4-podyezdi qavatlaridagi beton to‘siqlar qulab tushgan.
“Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ushbu hodisa tafsilotlari ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, aslida portlash oqibatida 8 kishiga emas, 11 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Andijon shahar hokimligi vakilining ma’lum qilishicha, portlashdan zararlangan uylar hokimlik mablag‘lari hisobidan ta’mirlanadi. Uylar to‘liq ta‘mirlanganidan so‘nggina fuqarolar xonadonlariga kiritiladi.
Izoh (0)