Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan “Olot” chegara bojxona postida O‘zbekistonga bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 3600 kilogramm mandarinni olib kirishga urinish holati aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Ma’lum qilinishicha, qo‘shni mamlakatdan O‘zbekistonga kirib kelgan fuqarolar Ya.J, M.A boshqaruvidagi Volvo hamda fuqaro Sh.J. boshqaruvidagi MAN yuk avtomashinalari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada ushbu avtoulovlar yukxonasida deklaratsiyada ko‘rsatilganidan ortiqcha umumiy qiymati 36 million so‘mlik 3600 kilogramm mandarin mevalari borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)