Ozarbayjonda 17—24-noyabr kunlari o‘zbek kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “O‘zbekkino” matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
“O‘zbekkino” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “O‘zbek kinosi kunlari” haftaligining ochilish marosimi Ozarbayjonning Nizomiy nomidagi kino markazida bo‘lib o‘tgan.
Unda Ozarbayjon madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Vagif Aliyev, O‘zbekistonning Ozarboyjondagi elchisi Sherzod Fayziyev, “O‘zbekkino” milliy agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari Shuhrat Rizayev hamda madaniyat va san’at namoyondalari va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.
Kino haftalik doirasida 6 ta badiiy, 4 ta hujjatli va 1 ta animatsion film namoyish etilishi rejalashtirilgan. Haftalikning ilk filmi “Imom Abu Iso Muhammad Termiziy” badiiy filmi ozarbayjonlik tomoshabinlarga namoyish etildi.
Izoh (0)