So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda bir necha yil avval vafot etgan fuqaroning deputatlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olingani haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Markaziy saylov komissiyasi ushbu ma’lumot yuzasidan tekshiruv boshlaganini ma’lum qildi.
“Markaziy saylov komissiyasi tekshiruv natijalari haqida jamoatchilikka yaqin vaqt ichida xabar beradi”, — deyiladi MSK axborotida.
Avvalroq taniqli jurnalist Baxtiyor Nasimov Facebook’dagi sahifasida partiyalardan biri tomonidan deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatilganlar orasida ikki yil avval vafot etgan do‘stining ism-familiyasini ko‘rib qolganini yozib qoldirgan edi. Jurnalist birozdan so‘ng ushbu postini o‘chirib tashladi hamda marhumning deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan posti anglashilmovchilik bo‘lganini yozib qoldirdi.
Izoh (0)