• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Next City samarqandlik tadbirkor Jamshid Shomurodovning vajlari noo‘rin ekanligini bildirdi

    “Daryo” nashri orqali 15 milliard so‘mlik mulklaridan ayrilgan samarqandlik tadbirkor Jamshid Shomurodovning murojaatlari faqat xat bilan yopilayotganligi to‘g‘risida maqola e’lon qilingan edi. Mazkur maqolada keltirilgan vajlar bo‘yicha Next City (“Garant Quruvchi Servis”) MChJ o‘z munosabatini bildirdi.

    Jamshid Shomurodov.

    Jamshid Shomurodov.
    Foto: “Daryo”

    – Fuqaro Jamshid Shomurodov o‘zining muammolari bo‘yicha mutlaqo noto‘g‘ri va asossiz ma’lumotlar bergan, — deydi Next City MChJ rahbari Eldor Mo‘minov. – Xususan, Samarqand shahar Gagarin ko‘chasi 128-manzilda joylashgan 5 qavatli yotoqxona binosi 25 yildan ortiq vaqt davomida Samarqand obro‘siga putur yetkazib kelayotgan edi. Ushbu manzilda yengil tabiatli ayollar bilan kurashish, “SamSuzaniPlyus” (sobiq “Sapfir”) tibbiy klinikasi jinoyatlari bilan kurashishdan charchagan xalqning ahvoli hech kimga sir emas.

    Eldor Mo‘minov.

    Eldor Mo‘minov.
    Foto: “Daryo”

    Samarqand shahar IIB 2014-yil 3-oktabrda Samarqand shahar hokimiga rasman murojaat yo‘llab, Gagarin ko‘chasi 128-manzildagi 5 qavatli yotoqxonada fohishalar ko‘payib ketganligi sababli biror bir chora ko‘rishini so‘ragan. Shundan so‘ng Samarqand viloyati arxitekturasi so‘rovnomasiga javoban 2015-yil 22-iyulda “ToshboshplanLITI” DUK mazkur yotoqxona avariya holatda ekanligini inobatga olgan holda ushbu binoning o‘rnida zamonaviy ko‘p qavatli uy qurilishi joylashuvini ko‘rib chiqish uchun Samarqand viloyati arxitektura va shaharsozlik Kengashining yig‘ilishi muhokamasiga qo‘yilgan. 2015-yilning 31-dekabr kuni 02/3-710 raqam bilan qayd etilgan 10-bayonida taklif ma’qullangan.

    Gagarin ko‘chasi 128-uyning ichki tomondan ko‘rinishi.

    Gagarin ko‘chasi 128-uyning ichki tomondan ko‘rinishi.
    Foto: Next City

    – Tegishli barcha davlat instansiyalari bilan kelishilgan holda 2015-yilning 27-noyabrda Samarqand shahar hokimi A.Shukurovning №1602-K sonli qaroriga asosan “Garant Quruvchi Servis” MChJga Gagarin ko‘chasi 128-manzildagi yotoqxona binosini buzilishi hisobidan ko‘p qavatli uy qurishga ruxsat berildi, — deydi Next City MChJ rahbari Eldor Mo‘minov. – So‘ng 2016-yilning 19-dekabrida Samarqand shahar hokimining №1858-K sonli qarori bilan tegishli o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida, ya’ni “Garant Quruvchi Servis” MChJga Samarqand shahar Fitrat ko‘chasi 1-yo‘lak 1, 3, 5 va 7-xonadonlar hamda Gagarin ko‘chasi 128 va 130-manzildagi uylarni buzilishi hisobidan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurilishiga ruxsat berildi.

    Ma’lum bo‘lishicha, Gagarin ko‘chasi 128-manzildagi yotoqxona binosida o‘ndan ortiq noturar va 76 dan ziyod turar xonadonlardan iborat bo‘lgan. Mazkur ko‘p qavatdagi barcha xonadon egalaridan hech qanday sud yoki boshqa instansiyalarsiz roziliklar olingan. Faqat “SamSuzaniPlyus” tibbiyot klinikasi mulkdorlari J.Shomurodov va F.Shomurodovalarga tegishli bo‘lgan noturar joy va J.Shomurodovga tegishli turar joy xonadonlari bilan bo‘lgan kelishuv qiyin kechgan. Shu sabali Samarqand shahar hokimligining da’vosiga ko‘ra 2017-yilning 13-oktabr kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi hal qiluv qarori va 2017-yilning 21-dekabr kuni FIB Samarqand viloyati sudi apellyatsiya instansiyasining ajrimlariga asosan noturar joy uchun tovon tariqasidagi pul to‘lovi to‘langan. Shuningdek, turar joy uchun quriladigan ko‘p qavatli uyning o‘zidan joy ajratilgan. Qolaversa, 2019-yil 5-fevralda Oliy sud tomonidan ish nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqilib, FIB Samarqand viloyati sudi apellyatsiya instansiyasining ajrimlarida Samarqand shahar hokimining qarorlarini haqiqiy deb topgan.

    – Qurilishga qaror qabul qilingandan keyin ushbu xonadon egalari bilan gaplashish va roziligini olish maqsadida Samarqand shahar hokimligi komissiyasi tuzilgan edi. Ushbu komissiya buzilishga tushgan yotoqxona binosi xonadon egalari bilan murosa qilish maqsadida joyiga chiqib, Samarqand shahar hokimi qarorining mazmun-mohiyati xonadon egalariga tushuntirilib berildi, — deydi Next City MChJ rahbari Eldor Mo‘minov. – O‘sha vaqtda “SamSuzaniPlyus” tibbiyot klinikasi asl egasi marhuma Saydaliyeva bilan uchrashib u kishining o‘ziga ham qaror mazmuni tushuntirilgan. Ammo marhuma Saydaliyeva komissiya a’zolarini bepisand qilib, hokimiyat komissiyasini “haydagan” edi.

    Qurilish tashkiloti tomonidan Gagarin ko‘chasi 128-manzildagi barcha xonadon egalarining roziliklari olingan. Biroq quruvchilar bilan kelishuvni xohlamagan tibbiyot klinikasi egasining roziligini olish, u bilan kelishish maqsadida Samarqand shahar hokimligi komissiyasi tuzilgan. Komissiya a’zolarini tibbiyot klinikasi bosh vrachi Nargiz Sanaxanova qabul qilib Samarqand shahar hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari raisligidagi komissiyasiga hokimning qarorini tan olmasligini bildirgan.

    Gagarin ko‘chasi 128-uyning buzilishdan oldingi holati.

    Gagarin ko‘chasi 128-uyning buzilishdan oldingi holati.
    Foto: Next City

    – 2016-yil marhuma Saydaliyeva rozi qilsa qarshiligi yo‘qligini, hozirda salomatligi yaxshi emasligi sababli qizi Nargiz Sanaxanova orqali gaplashishini bildirgan. Sanaxanova keyinchalik tergov tomonidan qalbaki deb topilgan Jamshid Shomurodovdan berilgan ishonchnoma orqali qurilish korxonasi vakillari bilan muzokara olib borishni boshlagan, — deydi Next City MChJ rahbari Eldor Mo‘minov. – Quruvchilar tomonidan Samarqand shahar IIB binosi orqasida joylashgan yangi qurilgan binoni sotib olib berish taklif qilingan. Avvaliga Nargiz Sanaxanova rozi bo‘lib, hatto yetmay qolgan qismi uchun rasmiy xat asosida hisob raqamiga 70 million so‘m o‘tkazib berilgan. Keyinchalik marhuma Saydaliyevaning fikri o‘zgarib, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi 112-L manzildagi sobiq “Marjona” restorani joylashgan binoni sotib olib berishni so‘ragan.

    Nargiz Sanaxanova quruvchilar tomonidan sobiq “Marjona” restorani binosi sotib olinib, ta’mirlash ishlari to‘liq tugatilgandan so‘ng hujjatlarni rasmiylashtirib, klinikani buzish uchun bo‘shatib berishini aytgan. Ammo Samarqand shahar IIB tomonidan shahardagi 2-sonli tug‘uruqxonadagi chaqaloqlarni kuydirish bo‘yicha “SamSuzaniPlyus” tibbiyot klinikasi mulkdorlari bosh vrachi Nargiz Sanaxanova jinoyatchilikda ayblanib qo‘lga olingan.

    – Oradan biroz vaqt o‘tib klinikaning asl egasi Saydaliyeva vafot etadi. Quruvchilar Jamshid Shomurodovga uchrab, bo‘lgan voqealarni tushuntiradi. U esa buzilishga qarshi emasligini bildiradi. Ammo onasi marhuma Saydaliyeva va singlisi Nargiz Sanaxanova ma’qullagan Buyuk ipak yo‘li 112-L manzildagi bino unga ma’qul emasligini aytdi, — deydi Next City MChJ rahbari Eldor Mo‘minov. – Jamshid Shomurodovga yangi quriladigan binoning o‘z o‘rnidan, faqat shimoliy burchakdan emas, balki janubiy burchakdan joy berish taklifi berildi. Lekin Shomurodov faqat o‘z o‘rnini berasiz deb bu taklifga ham ko‘nmadi. 2017-yilning 3-iyul kuni taklif haqidagi ma’lumot hatto Jamshid Shomurodovning qo‘l telefoniga hamda Telegram messenjeriga yuborilgan.

    Jamshid Shomurodov Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga murojaat qilgan. Sud davomida qurilish korxonasi tomonidan kelishish maqsadida yana bir necha takliflar berilgan. Xususan, Buyuk ipak yo‘li 112-L manzildagi buzilishga tushgan bino o‘rnidan quriladigan ko‘p qavatli uydan joy hamda pul tariqasidagi takliflar kiritilgan. Ammo kelishish imkoniyati bo‘lmagan.

    2017-yil 13-oktabr kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi hal qiluv qarori va 2017-yilning 21-dekabr kuni FIB Samarqand viloyati sudi apellyatsiya instansiyasining ajrimlari chiqqan. Ushbu ajrimda noturar joy uchun pul to‘lovi va turar joy uchun qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joyning o‘zidan mutanosib uy-joy ajratilishi ko‘rsatilgan.

    – Jamshid Shomuradov singlisi Nargiz Sanaxanovaning tergovlari olib borilishi munosabati bilan ushbu xonadonlarning jinoyatga aloqadorligi va qalbakilashtirilgan xonadon hujjatlari bor-yo‘qligi aniqlangunga qadar Samarqand shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan pul vaqtincha Samarqand viloyati IIB hisob raqamiga olingan. Keyinchalik ushbu tovon puli Samarqand shahar MIBga o‘tkazib berilgan. Sanaxanova esa Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan ayblangan, — deydi Next City MChJ rahbari Eldor Mo‘minov. – Samarqand viloyati hokimi tadbirkorlar muammolarini hal etish yuzasidan joriy yilning 14-iyun kungi qabulida Jamshid Shomurodovning arizalari sababli avariya holatiga yetib qolgan Gagarin ko‘chasi 128-yotoqxona binosini borib ko‘rgan. Samarqand viloyati hokimi boshchiligida tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida quriliyotgan ko‘p qavatli uy o‘rganilib, Next City MChJga loyiha asosida rejalashtirilgan ko‘p qavatli uyni qurish ishlarini davom ettirishga ruxsat berilgan.

    15.11.2019, 18:47   Izoh (0)   15807
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent chorrahalarida yana bir yo‘l chizmasi sinovdan o‘tkaziladi

    15.11.2019, 18:07

    Toshkentda yo‘l yopilishi sababli qator avtobus yo‘nalishlari harakati vaqtinchalik o‘zgaradi

    15.11.2019, 17:31

    2020-yilda O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi ikki barobarga ko‘payadi

    15.11.2019, 17:16

    Turkiya IShIDning 959 a’zosini deportatsiya qiladi. Ular orasida 82 nafar o‘zbekistonlik ham bor

    15.11.2019, 17:01

    “Davlatdan nogironlik uchun beriladigan 286 ming so‘mga yashaymiz”. Mehribonlik uyida katta bo‘lgan Furqatjon yaxshi insonlar yordamiga muhtoj

    15.11.2019, 16:44

    Farg‘onada “Kamaz” Nexia’ni urib yuborishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

    15.11.2019, 16:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shou uchun million dollarlar: jahon yulduzlari nima uchun konsertga ko‘p pul sarflaydi?

    Musiqa | 21 iyun, 10:50

    Bayden sirli loyiha ustida ishlash uchun Vashingtonga poyezdda qatnamoqda — NYP

    Dunyo | 21 iyun, 10:40

    Sun’iy intellekt Google qidiruvni yo‘q qilmoqda: saytlar trafik, reklama va daromadini yo‘qotmoqda

    Layfstayl | 21 iyun, 10:20

    Maosh 1000 dollar: o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 21 iyun, 10:10

    Donald Trampning nabirasi qahvaxonada ishlamoqda

    Layfstayl | 21 iyun, 09:55

    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

    Reklama | 21 iyun, 09:00

    Isroil mingta ko‘chma boshpana qurish rejasini ma’qulladi

    Dunyo | 21 iyun, 09:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.