• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Toshkentdagi ShHT, “zamhokim”dagi 100 dollar yoki kim bosh vazir bo‘ladi?

    Bu haftada o‘zbek matbuotida o‘ta shov-shuvli va munozarali voqealar uchramadi. Amaldorlar qovun tushirmadi. Asli paradoksal voqea va salbiy xabarlarni tarqatishni biz ham istamaymiz. Shu bois xalqimiz hayotiga oid muhim yangiliklarni havola qilamiz. Marhamat.

    Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov nofaol maktablarga chaqiriq tashladi.

    “Bitiruvchilarining birortasi ham OTMga o‘qishga kirmagan maktablar birinchi bo‘lib attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tadi”, dedi vazir. Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida maktablar haqida gapirarkan, “bironta ham bitiruvchisi OTMga kirmagan maktablarning rahbariyati va pedagogik jamoasi esa o‘z vijdonlari oldida o‘zlariga savol berishlari kerak – qanchalik ularga yuklatilgan vazifalarni insof bilan bajarayotganlari haqida. Tumandagi ahvol, bolalarning oilaviy sharoiti, umumiy respublikadagi boshqa muammolar yuqoridagi maktablarga deyarli bir xil ta’sir ko‘rsatadi, ammo bittasi shunday yaxshi natija ko‘rsatmoqda, sakkiztasi esa umuman natija ko‘rsatmagan”, dedi Shermatov.

    Statistikaga ko‘ra, respublikaning boshqa hududlaridan bitiruvchilarining barchasi (100 foiz) OTMga kirgan maktablar ham talaygina, lekin bironta bitiruvchisi OTMga kirmaganlari undan ancha ko‘p.

    Shunday qilib, bittayam bitiruvchisi OTMga kirmagan maktab o‘qituvchilari bu yil ancha terlaydigan ko‘rinadi. O‘z o‘rnida Sherzod Shermatov yaxshi natija ko‘rsatgan maktablar qanday qilib bunga erishganini sanab o‘tgan.

    * * *

    Marhamatda O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufga uy-muzey qurish uchun ajratilgan yer tadbirkorga berib yuborilibdi. Bundan, tabiiyki, shoirning oilasi ranjigan. Xo‘sh, asli nima bo‘lgandi? “Kun.uz” jurnalistlari voqeani aniqlashtirgan.

    Uch yil avval Marhamatning avvalgi hokimi marhum shoirning ayoliga tumanda shoir xotirasiga uy-muzey qurishni taklif qiladi va yer ajratadi. Uy-muzey xalq hashari bilan qurilishi aytiladi. 2016-yilda tuman hokimining qarori chiqadi. Ammo 2019-yilda ushbu qaror bekor qilinmasdan ayni o‘sha yer maydonini tadbirkorga biznes qilish uchun berish haqida ikkinchi qaror chiqadi. Jurnalist tadbirkor bilan uchrashganda u shoirning oilasiga bir oz pul berganligini aytgan. Shoirning oilasi buni rad qilmagan, ammo pul unda turganini, yerni qaytarishsa, pulni ham darhol qaytarishini ma’lum qilgan. Asli uy-muzey qurilishiga hokimlik ham tengdan mas’ul edi, biroq yerni shoir oilasiga qaror chiqartirgan hokim allaqachon ishdan ketib o‘rniga yangisi bo‘lgan. Darvoqe, tadbirkor ushbu yerda uch yil davomida qurilish amalga oshmaganligi uchun ish boshlaganini aytgan, shuningdek, binoda shoir xotirasi uchun alohida zal ajratib haykal qo‘yilishi, eksponatlar uchun sharoit qilib berilishini bildirgan.

    Bu chalkashliklar nafaqat shoir xotirasiga befarqlikni, shu bilan birga mamlakatimizda yer ajratish, hokimlik qarorlari va kadastr ishlari hamon o‘lda-jo‘lda yotganligidan dalolat beradi.

    * * *

    Partiyalar saylovda g‘olib bo‘lsa, bosh vazirlikka kimni tavsiya qilishini bildirdi. Adolat SDP g‘olib bo‘lsa, adliya vaziri Ruslanbek Davletovni bosh vazirlikka tavsiya qiladi. Bordi-yu, Xalq demokratik partiyasi g‘alaba qozonsa, unda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov nomzodi ilgari suriladi. Liberal-demokratlarimiz amaldagi bosh vazir Abdulla Aripovning o‘zini yoqlaydi. Milliy tiklanish partiyasi esa ehtiyotkorlikni namoyish qilib, nomzodini sir saqladi. Darvoqe, siyosatda dastlabki qadamlarini tashlayotgan ekologlar partiyasi “O‘zkimyosanoat” AJ raisi Odil Temirovni bosh vazir sifatida ko‘rish istagini bildirdi.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Bu siyosiy voqea shunisi bilan muhimki, ilgari partiyalar g‘olib bo‘lsa, bosh vazirlikka kimni tavsiya qilishi aytilmas, fuqarolar ham bu bilan qiziqmasdi.

    Konstitutsiyamizga asosan, siyosiy partiya bosh vazir nomzodini prezidentga taklif qiladi va uni prezident ko‘rib chiqib, tasdiqlashi uchun Oliy Majlis palatalariga kiritadi.

    * * *

    Shahrisabz tumani hokimining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi. U yerga egalik qilish huquqini olib berish uchun pul olayotganda protsessual tartibda ushlangan va jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hokimiyat mansabdorlarining pora olishi tabiiy hol, bo‘lsa nega bu qadar tipik holatni dayjestimizga olib chiqdik? Gap shundaki, pora miqdori juda katta yoki juda kichkina bo‘lsa, diqqatga sazovor bo‘lib, u joylardagi noqonuniy oldi-berdilar hajmi bo‘yicha ma’lumot beradi. Shahrisabz tumani “zamhokimi” yuz minglab dollar bilan emas, atigi yuz dollar bilan qo‘lga tushgan.

    * * *

    Endi osonlikcha daraxt kesilishiga chek qo‘yildi. O‘zbekiston prezidentining farmoni chiqdi, unda Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston ekologik partiyasi va jamoatchilikning davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan.

    Foto: “Sof.uz”

    Foto: “Sof.uz”

    Moratoriy 2019-yil 1-noyabrdan 2020-yil 31-dekabrgacha amal qiladi. Amal qilish davrida vakolatli davlat organlariga davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga ruxsatnoma berish man etiladi. Ammo farmonda “ba’zi holatlar mustasno ekanligi” belgilab qo‘yilgan.

    * * *

    Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlar bosh vazirlari ishtirok etdi. Bu yirik tadbirga Shanxay hamkorlik tashkiloti huzuridagi kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Mo‘g‘uliston va Eron hukumatlari rahbarlari ham taklif etilgan edi. ShHT hukumat rahbarlari kengashi majlisi davomida 14 ta hujjat imzolandi, ushbu hujjatlardan 12 tasini bevosita bosh vazirlar tasdiqladi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Eslatib o‘tamiz, ShHT dunyo aholisining deyarli yarmi yashovchi davlatlarni o‘zida jamlagan tashkilot. Yevrosiyo hududining 60 foizini egallagan  ShHT davlatlarining dunyo YaIMdagi ulushi 30 foizdan ortiqroq. Garchi qamrovi juda keng bo‘lsa-da, bu tashkilot harbiy blok hisoblanmaydi va militaristik rejalar tuzmaydi.

    “Daryo” yangiliklarini kuzatib boring. O‘zbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi voqif bo‘ling.

    03.11.2019, 15:38   Izoh (0)   98049
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yelkasidan tutib, sinfdoshlarining oldiga sudrab bordi”. O‘zini kanalga tashlagan 15 yoshli qashqadaryolik o‘quvchi o‘limidan oldin izza qilingani aytilmoqda

    03.11.2019, 15:18

    Qoraqalpog‘istonning ayrim hududlarida qor yog‘di (foto)

    03.11.2019, 14:36

    Turkiya harbiy mutaxassislari Nukusda trening mashg‘ulotlarini o‘tkazdi (foto) 

    03.11.2019, 13:34

    O‘zbekistonda ishsiz ayollar 1-dekabrgacha ishga joylashtiriladi

    03.11.2019, 13:13

    Qashqadaryoda “Gazel” va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi og‘ir jarohat oldi

    03.11.2019, 12:31

    Toshkentdagi Botanika bog‘ida kuzatuv kameralari o‘rnatiladi

    03.11.2019, 12:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.