Samarqand shahrida yashovchi Doniyor Zubaydov avgust oyida shahardagi Samsung do‘konidan Huawei smartfonini xarid qilgan va o‘tkazilayotgan aksiyada ishtirok etib, Nexia 3 yutib olgan. Biroq yutuqni olishda qiyinchilikka uchragan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, do‘konda Unique Marketing Group MChJ tomonidan aksiya o‘tkazilayotgan bo‘lib, xaridor kupon to‘ldirgan.
15 kundan so‘ng Doniyorga qo‘ng‘iroq bo‘lgan va Nexia 3 avtomashinasi yutgani to‘g‘risida xabar berilgan. Uning 20-sentabrda “Zo‘r TV” telekanalida chiqishi aytilgan. Oradan vaqt o‘tishiga qaramay, ushbu fuqaroga aksiyadan yutgan avtomobili berilmagan.
Bundan norozi bo‘lgan fuqaro Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Federatsiya mutasaddilari tomonidan qilingan sa’y-harakatlar natijasida Doniyor Zubaydovga Nexia 3 olib berilgan.
Izoh (0)