Namangan viloyatida qalbaki dollar tayyorlab sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura tomonidan xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda fuqaro M.M. har biri 100 dollar kupyuradagi 21 dona 2100 dollar miqdoridagi qalbaki valyutani fuqaro U.T.ga 1000 dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)