Toshkentning Nukus ko‘chasida 28-oktabr, dushanba kuni issiq suv quvuri yorilib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, Nukus ko‘chasining Oybek ko‘chasidan Avliyo ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi issiqlik ta’minoti quvurida yuzaga kelgan nosozlik sabab vaqtincha yopilgan edi.
Bir necha soat davomida olib borilgan ta’mirlash ishlaridan so‘ng mutaxassislar tomonidan avariya holati bartaraf etildi va Nukus ko‘chasining avtomobillar harakati uchun yopilgan qismi soat 22:00 dan keyin transport harakati uchun ochilgan.
Izoh (0)