UEFA tashkiloti Yevropa Chempionlar Ligasi 3-turi yakunlariga ko‘ra, hafta ramziy terma jamoasini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Manchester Siti” futbolchisi Rahim Sterling bu nomga loyiq ko‘rildi. Sterling “Atalanta”ga qarshi bahsda uchta gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Rahim bu yo‘lda quyidagi futbolchilarni ortda qoldirdi:
- Kilian Mbappe (PSJ) — “Bryugge”ga qarshi o‘yinda (5:0) uchta gol va bitta samarali uzatma
- Paulo Dibala (“Yuventus”) — “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinda (2:1) ikkita gol
- Aleks Oksleyd-Chemberlen (“Liverpul”) — “Genk”ga qarshi o‘yinda (4:1) ikkita gol
Izoh (0)