“Napoli” Yevropa Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida safarda “Zalsburg”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Mazkur bahsda neapolliklar safida Dris Mertens dublga erishdi. Natijada uning “Napoli” safidagi gollari 116 taga yetdi. Bu orqali Mertens klub safida barcha musobaqalarda 115 ta gol urgan afsonaviy Diyego Maradonadan o‘tib ketdi.
Mertensdan oldinda faqatgina Marek Hamshik bor. U “Napoli” safida 121 ta gol urgan.
Ma’lumot uchun, Mertens mazkur klub safida 2013-yildan beri to‘p suradi. U PSVdan Italiyaga ko‘chib o‘tgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)