• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholash tartibi tasdiqlandi

    Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini lavozimga tayinlashni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan kelishish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish hamda ish samaradorligini baholash tartibi tasdiqlandi, deb xabar beradi Norma.

    Foto: “Minbar.uz”

    Foto: “Minbar.uz”

    Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari axborot xizmati rahbarlari agentlik bilan kelishilgan holda, hududiy darajadagi rahbarlar hududiy boshqarmalar bilan kelishilgan holda lavozimiga tayinlanadi.

    Kelishish uchun bitta yoki bir nechta nomzodlar taqdim etiladi. Buning uchun ularning har biri bo‘yicha quyidagi hujjatlar topshiriladi:

    • davlat organi va tashkiloti rahbarining taqdimnomasi;
    • nomzodning anketasi;
    • oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning yoxud xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatni tan olish to‘g‘risida guvohnomaning nusxasi.
    Ushbu hujjatlar ERI bilan tasdiqlangan yoki PDF (portable document format) formatida jo‘natiladi. Hujjatlar qaytarilmaydi.

    Lavozimga tayinlashni kelishish masalasini ko‘rib chiqishda nomzod bilan axborot xizmatlari faoliyati sohasiga doir suhbat o‘tkaziladi. Suhbatni tegishlicha agentlik direktori tomonidan, hududiy boshqarmalarda esa boshqarma boshliqlari tomonidan kamida 5 kishidan iborat tarkibda tasdiqlanadigan komissiyalar o‘tkazadi. Agentlikda direktorning o‘rinbosari, hududiy boshqarmalarda boshqarma boshliqlari komissiyaga raislik qiladi. Komissiya ishida a’zolarning kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

    Lavozimga tayinlashni kelishish hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab 15 kun ichida amalga oshiriladi. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmasa, nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotiga suhbat o‘tkazilishidan kamida 5 kun oldin suhbat o‘tkaziladigan kun, vaqti va joyi haqida xabar beriladi. Suhbatga kela olmaydigan nomzodlar bu haqda oldindan xabar qilishlari lozim, bunda nomzodlar komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida suhbatga qo‘yiladi.

    Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda bu haqda 5 kun ichida nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkilotiga xabar yuboriladi. Kamchiliklar bartaraf etilgan holda takroran hujjatlarni taqdim qilish lozim.

    Suhbatda kasbiy faoliyatga bog‘liq bo‘lgan qonunchilik sohalari, axborot xizmatlariga oid masalalar, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi, davlat va jamiyat o‘rtasida muloqotni shakllantirish va takomillashtirishda keng jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, zamonaviy axborot maydonida kechayotgan tendensiyalarga oid tahliliy yondashuv kabi masalalar bo‘yicha nomzodning bilimi aniqlanadi. Komissiya majlisi videotasvirga tushiriladi va ushbu yozuv 3 yil davomida saqlanadi.

    Suhbat natijalari bo‘yicha suhbat o‘tkazish varaqasi rasmiylashtiriladi va ko‘pchilik ovoz bilan qaror qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Komissiyaning ijobiy yoki salbiy qarori haqida 2 ish kuni ichida nomzodni tavsiya etgan davlat organi va tashkiloti xabardor qilinadi. Komissiya qarorlari yuzasidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin. Suhbatdan o‘ta olmagan nomzodlar bir oydan so‘ng qayta tavsiya etilishi mumkin.

    Axborot xizmati rahbari lavozimidan ozod etilganda, 10 ish kuni mobaynida agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari xabardor qilinadi.

    Axborot xizmati rahbarlari har 3 yilda bir marotaba attestatsiya komissiyasining majlisida attestatsiyadan o‘tadi (birinchi marta lavozimga tayinlangan rahbar 3 yil ishlaganidan keyin attestatsiyadan o‘tadi). Attestatsiyani tashkil etish va undan o‘tish tartibi lavozimga tayinlashda suhbatdan o‘tkazish tartibiga o‘xshashdir.

    Attestatsiya yakunlari ovoz berish tugashi bilanoq ma’lum qilinadi. Attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslar mazkur guvohnomaning amal qilish muddati tugashiga qadar 2 oylik muddat ichida attestatsiyadan o‘tish kerak. Axborot xizmati rahbari attestatsiyadan o‘tmagan deb topilganda mazkur xodimni takroran attestatsiyadan o‘tkazish uchun 3 oy o‘tgach murojaat qilish mumkin. Attestatsiyada beriladigan savollar ro‘yxati agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi hamda agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

    Axborot xizmatlari rahbarlarining faoliyat samaradorligi baholanadi va reyting tuziladi. Buning uchun agentlik direktorining buyrug‘i bilan kamida 5 kishidan iborat tarkibda maxsus komissiya tuziladi. Komissiya agentlik va uning hududiy boshqarmalariga tasdiqlangan mezonlar bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlar asosida qaror qabul qiladi.

    Ushbu qarorga asosan har yili 20-yanvarga va 20-iyulga qadar reyting tuziladi va 3 kun ichida rasmiy veb-saytga joylashtiriladi. Reytingda to‘plangan ballarga muvofiq quyidagi baholash darajalari aks ettiriladi:

    • 55 ballgacha – past darajada;
    • 56 balldan 71 ballgacha – qoniqarli darajada;
    • 72 balldan 85 ballgacha – o‘rta darajada;
    • 86 balldan 100 ballgacha – yuqori darajada.
    Komissiya qarori ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish mumkin.

    21.10.2019, 11:08   Izoh (0)   15117
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent markazida yuk og‘irligi besh tonnadan ortiq bo‘lgan mashinalar uchun olti oyga cheklov o‘rnatilmoqda

    21.10.2019, 10:53

    IIV Bekoboddagi o‘quvchi qizlarning janjaliga munosabat bildirdi

    21.10.2019, 10:11

    “Maxsustrans” chiqindilar bo‘yicha murojaatlarni onlayn ko‘rib chiqadi

    21.10.2019, 09:58

    Buxorodagi jamoasining 70 foizi qarindoshlardan iborat va direktorlik otadan o‘g‘ilga o‘tgan maktab o‘qituvchilari nimadan norozi?

    21.10.2019, 08:03

    O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi joriy yilning 9 oyida 31,6 mlrd dollarni tashkil etdi

    21.10.2019, 07:12

    Qo‘qon va Tojikistonning Shaydon shahri o‘rtasida yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

    20.10.2019, 23:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Eronga qarshi tajovuz hech qanday asosga ega emas” — Putin

    Dunyo | 23 iyun, 19:30

    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi

    Reklama | 23 iyun, 18:00

    Sony “Titanik” filmi syujeti asosida o‘yin ishlab chiqmoqda

    Layfstayl | 23 iyun, 19:20

    Toshkent xalqaro aeroportida kapsulali mehmonxona ochildi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 19:10

    Pokiston bilan Hind suv shartnomasi tiklanmaydi — Hindiston

    Dunyo | 23 iyun, 19:03

    Dollar keskin qadrsizlanmoqda: bunga sabab nima?

    Iqtisodiyot | 23 iyun, 18:37

    Saida Mirziyoyeva BMTning Davlat xizmati bo‘yicha xalqaro komissiyasi rahbari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 23 iyun, 18:35

    Tadqiqot: badavlat ota-onalarning farzandlari uzoq umr ko‘radi

    Layfstayl | 23 iyun, 18:20

    Xitoy AQSHning Eronga hujumlarini keskin qoraladi

    Dunyo | 23 iyun, 18:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.