Suxumi shahrida mini-futbol bo‘yicha 7—13-oktabr kunlari nogiron-amputantlar o‘rtasida Abxaziya Vatan urushidagi g‘alaba kuniga bag‘ishlangan “G‘alaba Kubogi” bo‘lib o‘tdi, deya xabar qilmoqda “Nuz.uz”.
Yettinchi bor o‘tkazilgan “G‘alaba Kubogi”da Abxaziya, Rossiya va O‘zbekistondan jami oltita jamoa qatnashdi. Musobaqa finalida O‘zbekiston jamoasi “Apsni-Suxumi”ni mag‘lub etgan holda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa yakunida invidual sovrinlar ham o‘z egalarini topdi:
Eng yaxshi darvozabon —Ismail Marsxanov (Checheniston)Eng yaxshi himoyachi — Umid Sirojiddinov (O‘zbekiston),Eng yaxshi hujumchi — Marat Starchak (Dog‘iston)Eng yaxshi o‘yinchilar — Denis Makeykin (Barnaul), Roman Matyashov (Abxaziya), Konstantin Ostapenko (Kemerovo), Jamil Shukurov (O‘zbekiston) va Alidibir Rasulov (Dog‘iston)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)