“Chelsi” va “Arsenal” klublarining sobiq darvozaboni Petr Chex xokkeyda debyut qildi.
Chexiyalik sobiq futbolchi Angliyaning “Gilford Feniks” yarim professional xokkey klubida faoliyatini boshladi. Chexiya termasining sobiq posboni “Suindon Uayld”ga qarshi bahsda asosiy darvozabon sifatida muzga tushgan.
O‘yin davomida Chex darvozasidan ikkita shayba o‘tkazib yubordi, bullitlar seriyasida esa hal qiluvchi zarbani qaytarib, jamoasining g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Chexning jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qozondi, darvozabon esa uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga loyiq ko‘rildi.
“Bolaligimda bir marta bo‘lsa ham xokkey o‘yinida ishtirok etishni orzu qilardim. Va bu amalga oshdi. O‘ylashimcha, bu yosh o‘yinchilarga namuna bo‘ladi: orzuyingni ortidan quvsang, albatta, biror nimaga erishasan”, — deydi Chex.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)