Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 12-oktabr, shanba kuni hududiy ish yurituvidagi ijro hujjatlari asosida davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklar va tovar-moddiy boyliklarni realizatsiya qilish uchun “Farhod” dehqon bozori hududida savdo yarmarkalari tashkil etildi.
Byuro matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, savdo yarmarkasida jami 560 million so‘mdan ortiq mol-mulklar savdoga qo‘yilgan. Hozircha 42 million so‘mlik mahsulotlar sotilgan.
Izoh (0)