O‘zbekiston IIV huzuridagi tergov departamentida Kamerun respublikasi fuqarolariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Vazirlik tomonidan xabar berilishicha, hozirda jinoyat sodir etishda gumon qilinib, Kamerun respublikasining yana uch nafar fuqarosi tergovga jalb qilingan.
Vazirlik agar fotosuratlardagi shaxslarning jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolar bo‘lsa, yaqin atrofdagi ichki ishlar bo‘limlariga yoki 102 telefon raqamiga, shuningdek Tergov departamentining (71) 231-30-97, (71) 231-36-22, (71) 233-65-34 hamda Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasining (71) 231-34-33 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘ragan.
Izoh (0)