• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda shu yilning 8 oyida 350 dan ortiq chaqaloq vafot etgani ma’lum bo‘ldi

    Samarqand viloyatida joriy yilning sakkiz oyi davomida bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning 345 ta va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 13 ta o‘lim holati qayd etilgan. Bu haqda viloyat hokimiyatida tibbiyot muassasalari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.

    Foto: Samarqand viloyati hokimiyati

    Foto: Samarqand viloyati hokimiyati

    Bu vaqt davomida 270 nafar tibbiyot xodimi turli ma’muriy jazolar olgan. Viloyat hokimi chaqaloqlar va ularning onalari o‘limi holati qayd etilgan Qo‘shrabot, Paxtachi, Oqdaryo, Narpay, Bulung‘ur, Urgut tumanlari va Samarqand shahridagi tug‘ruq komplekslari faoliyatini tanqid qilgan.

    Viloyat hokimiyati tomonidan tuzilgan ishchi guruhning aniqlashicha, Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ruq davridagi ayollar uchun zarur sharoitlar mavjud emas, ularning kasallik tarixlari noto‘g‘ri yuritiladi, birinchi zaruriyat dori vositalari yetishmaydi, karavotlarda matraslar yo‘q. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun intensiv xonalar va og‘ir ahvoldagi chaqaloqlar uchun birinchi yordam ko‘zda tutilmagan.

    Ishchi guruh tomonidan Oqdaryo tumanida kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘dirish bo‘yicha ko‘rsatmalarning kech berilishi sababli to‘qqiz oy ichida besh nafar chaqaloqning vafot etgani aniqlangan. Muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan sun’iy nafas berish apparati markazlashgan kislorod ta’minoti yo‘qligi sababli ishlamaydi. Bundan tashqari, ichki hujjat yuritish noto‘g‘ri olib boriladi.

    Xabar berilishicha, Jomboy tuman tug‘ruq kompleksida navbatchi shifokorning noto‘g‘ri tashxisi oqibatida ayol ham o‘z bolasidan, ham bola ko‘rish imkoniyatidan ajralgan, chunki uning bachadoni olib tashlangan.

    Narpay tumanida zarur tibbiy preparatlar va qurilmalar mavjud emas. Paxtachi tumani tug‘ruq kompleksida tug‘ruq davridagi ayollarni tekshiruvdan o‘tkazish uchun dastlabki vositalar yetishmaydi, gepatit B virusiga qarshi emlash o‘tkazish uchun bir martalik shprislar ajratilmagan.

    Urgut tumanida operatsiyalar homilador ayollarni OITS va virusli gepatit kasalliklari bo‘yicha tekshirilmasdan amalga oshiriladi, sanitariya-gigiyenik me’yorlar buzilgan. 21-sentabrdan 2-oktabrgacha bo‘lgan davr ichida kir choyshablar tozalash uchun faqat bir marta topshirilgan.

    Samarqand shahridagi 1, 2 va 3-tug‘ruq komplekslarida o‘tkazilgan tekshiruvlarda aniqlanishicha, ba’zi qurilmalar ma’nan eskirgan va tumanlardagidan yomonroq holatda. Yig‘ilishda tug‘ruxonalarning to‘lib ketganligi haqida ham gapirilgan, 150 kishiga mo‘ljallangan tug‘ruqxonalarda 190 nafar ayol yotqizilgan.

    Viloyat hokimi tug‘ruq komplekslarining dorilar bilan ta’minlanish darajasi 70—80 foiz ekanligini aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qolgan dorilarni bemorlarning o‘zi sotib olishga majbur bo‘moqda.

    Hokim yig‘ilish ishtirokchilariga vaziyatni to‘g‘rilash va joylarda shifokorlarga suyunchi tariqasida beriladigan korrupsiyani yo‘q qilish haqida topshiriq bergan.

    Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘limi holati 3400 tani tashkil qilgan, ularning 55,3 foizini perinatal davrda yuzaga keladigan vaziyat sababli yuz bergan o‘limlar tashkil qilgan. Chaqaloqlar o‘limi koeffitsienti Samarqand viloyatida 6,4 promilleni (1000 nafar tirik tug‘ilgan chaqaloqqa nisbatan) tashkil qilgan. Eng past ko‘rsatkichlar Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 5,9 va 6 promilleni tashkil qilgan. Nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar Andijon (14,4 promille), Xorazm viloyatlari (11,2 promille) va Toshkent shahrida (11,5 promille) qayd etilgan.

    08.10.2019, 23:49   Izoh (0)   37970
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev klaster usulida paxta yetishtirishga ko‘maklashgan tadbirkorning onasiga Malibu sovg‘a qildi

    08.10.2019, 23:05

    Rossiyada uch nafar o‘zbekistonlik qullikka tushib, u yerdan qochishga muvaffaq bo‘ldi

    08.10.2019, 22:48

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bu yilgi Umra ziyorati uchun narxlarni arzonlashtirdi

    08.10.2019, 22:25

    Buxoroda tug‘ilgan 3 egizakka Shavkat, Mirziyo va Saida ismlari qo‘yildi

    08.10.2019, 22:04

    Bahromjon Haydarov Andijon shahrining yangi hokimi lavozimiga tasdiqlandi

    08.10.2019, 21:36

    Jizzaxdan o‘tuvchi avtomagistral yo‘lida 4 ta yirik turistik majmua barpo etilishi mumkin

    08.10.2019, 21:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.