Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan tayyorlangan O‘zbekistonni 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasining loyihasi joylashtirildi.
Hujjatda keltirilgan prognozlarga ko‘ra, 2030-yilga kelib real yalpi ichki mahsulot 2,1 (2018-yildagi 50,505 milliard dollardan 176,78 milliard dollargacha), aholi jon boshiga YaIM esa 3 baravar (1533 dollardan 4538 dollargacha) o‘sishi ko‘zda tutilmoqda.
Bu maqsadga erishish uchun iqtisodiy o‘sishning o‘rtacha yillik sur’ati 6,4 foizdan kam bo‘lmasligi talab etiladi. Inflyatsiyaning o‘rtacha yillik darajasi esa 4,4 foizni (2018-yilda 17,5 foiz) tashkil etishi kutilmoqda.
2030-yilda aholi jon boshiga YaIM bo‘yicha erishiladigan natija O‘zbekistonni
- daromadlar darajasi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan mamlakatlar guruhiga kirishi;
- aholi daromadlari o‘sishi ta’minlanishi;
- kam ta’minlanganlik darajasini 2 baravar kamaytirish;
- o‘rtacha umr ko‘rish darajasini 78-80 yoshga yetkazish;
- o‘lim holatlarini 1,5 baravar kamaytirish;
- aholining uy-joy (20 kvadrat metr), sifatli ichimlik suvi va barqaror elektr energiyasi bilan 100 foiz ta’minlash imkonini berishi kutilmoqda.
Iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyati o‘sishi eksport hajmi 3 baravar ortishiga olib kelishi taxmin qilingan.
Izoh (0)