O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsulxonasidan ma’lum qilishlaricha, 20-sentyabr kuni sog‘ligi keskin yomonlashgani sababli O‘zbekiston fuqarosi S.R. vafot etgan. Shuningdek, turli baxtsiz hodisalar natijasida 21-sentabr kuni G.N. ismli o‘zbekistonlik ayol, 22-sentyabr X.N. ismli o‘zbekistonlik erkak ham vafot etgan.
“Ayni paytda Bosh konsulxona O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz jasadlarini Vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda”, — deyiladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborotida.
Avvalroq, 22-sentabr kuni Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)