Toshkentning Sergeli tumanida stul ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mebel sexida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Telegram’dagi kanallarda videoxabar tarqalgan.
Xabar berishlaricha, voqea 25-sentabr oqshomida yuz bergan. Yong‘in oqibatida jabrlangan fuqarolar, hodisa yetkazgan moddiy zarar ko‘lami va miqdori haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)