Qoraqalpog‘istonning Bo‘zatov tumani Ichki ishlar bo‘limiga boshliq tayinlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.
Xabar berishlaricha, podpolkovnik Ruslan Turganbayev Bo‘zatov tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
Bungacha podpolkovnik Turganbayev qayerda, qaysi lavozimda ishlagani haqida IIV axborotida ma’lumot berilmagan.
Qoraqalpog‘iston tarkibidagi Bo‘zatov tumani 2019-yil avgustida Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga ko‘ra qayta tashkil etilgan edi. 14-sentabrda yangitdan tashkil etilgan tumanga Mahmud Qaypanov hokim etib tayinlangan edi.
Izoh (0)