Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Vadim Abramov “Bunyodkor” klubidagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Abramov “qaldirg‘ochlar” bilan amaldagi shartnomaga ko‘ra, yil oxiriga qadar “Bunyodkor” jamoasi bosh murabbiyi sifatida ham faoliyat yuritadi.
Shu tariqa Abramov terma jamoa bilan birgalikda klubdagi faoliyatini ham davom ettiradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)