Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi delegatsiyasi Rossiya mezbonlik qilgan Jahon chempionatidan 23-sentabr kuni qaytib keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida qahramon bokschilarni tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi.
Marosimda Bosh vaziri o‘rinborsari Ochilboy Ramatov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov, keng sport jamoatchiligi, bokschilarning oila a’zolari, muxlislar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida musobaqani birinchi o‘rinda yakunladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)