Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 6-turida “Manchester Yunayted” safarda “Vest Hem” mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobida yutqazdi.
Ikkinchi bo‘limda mankunianlar hujumchisi Markus Reshford o‘zini zaxiraga olishlarini so‘radi. Natijada Sulsher 61-daqiqada uning o‘rniga Jessi Lingardni maydonga tushirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Reshford sonini jarohatlab olgan. Futbolchi 23-sentabr kuni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
U joriy mavsum klub safida musobaqaning barcha 6 ta o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)