Shavkat Mirziyoyev 26—27-sentabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga hukumatdagi manbalari ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryoga tashrifidan maqsad amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar ijrosi bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilishdan iborat.
Avvalroq Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Sariosiyo, Uzun, Boysun, Qumqo‘rg‘on hamda Sho‘rchi tumanlariga yangi hokimlar tayinlangani haqida ma‘lum qilingandi.
Izoh (0)