O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 23-sentabr kuni Nyu-Yorkda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuv “Markaziy Osiyo—AQSh” (C5+1) shaklidagi vazirlar muloqoti doirasida bo‘lib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 21-sentabrdan beri AQShda bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida delegatsiya C5+1 shaklidagi vazirlik uchrashuvidan boshqa tadbirlarda ham ishtirok etadi.
Mavzuga doir: Abdulaziz Komilov BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasida ishtirok etish uchun AQShga boradi
Bundan tashqari, Nyu-Yorkda xorijiy mamlakatlar delegatsiyalari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkaziladi; Vashingtonda AQSh rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazish va O‘zbekiston—AQSh kun tartibi masalalarini muhokama qilish ham ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)