• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Meni nohaq ishdan bo‘shatishdi”. Qashqadaryolik tez tibbiy yordam haydovchisi rahbariyatini adolatsizlikda ayblamoqda

    “Daryo”ga murojaat yo‘llagan qashqadaryolik Ilhom Usmonov 4 yildan beri tez tibbiy yordam xizmatida navbatchi haydovchi bo‘lib ishlab kelganligi, joriy yil 16-iyul kuni viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli maxsus va tez tibbiy yordam avtoxo‘jaligi rahbari Naim Halilov tomonidan nohaq ishdan bo‘shatilgani xususida shikoyat qilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Voqea tafsilotlaridan xabardor bo‘lgan “Daryo” muxbirining yozishicha, navbatchi haydovchi Ilhom Usmonovga avtoxo‘jalik ichki mehnat qoidalarini muntazam ravishda buzish aybi qo‘yilgan.

    — 16-iyul kuni ishga borsam, menga “putyovka” berishmadi, — deydi Ilhom Usmonov. — Shunda haydovchilarni nazorat qiluvchi kolonna boshlig‘i Anvar Chuitovdan nima sababdan menga “putyovka” yozilmaganligi, o‘rnimga sherigim Hayit Ahmedov yozilganligini so‘radim. “Sen ishdan bo‘shatilding”, dedi. Ishdan bo‘shaganim xususidagi buyruqni so‘radim. Berishmadi. “Buyruq yo‘q bo‘lsa, ishlayman, ‘putyovka’ berasiz”, dedim. “Direktorga kirib ayt” deyishdi. Lekin direktorni topolmadim. Telefon qilsam, “yig‘ilishdaman” deb o‘chirib qo‘ydi.

    Ilhom Usmonovning aytishicha, uni ishga qo‘yishmagach, dastlab kasaba uyushma rahbariga kirib vaziyatni bildirgan. Himoyasiga olishlarini so‘ragan. Kasaba uyushmadan ham sado chiqmagach, viloyat Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Viloyat Xalq qabulxonasiga borsam, viloyat hokimligining huquqshunosi bor ekan, — deydi Ilhom Usmonov. — Meni ishga chiqarishmayotganliklarini aytib, shikoyat qildim. Buyruq bo‘lmasa-da, ishlashimga to‘sqinlik qilishayotganliklarini bildirdim. Bir pasdan so‘ng sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda avtoxo‘jalik rahbari Naim Halilov keldi. Hokimlik yuristi ulardan holatga izoh so‘radi. Buyruqni ko‘rsatisholmagach, mening ishga chiqishimga ruxsat berishdi.

    “Bor, bugun ishga chiqaver”, dedi Naim Halilov. O‘sha kuni kechki “smena”da ishda bo‘ldim.Ma’lum bo‘lishicha, Ilhom Usmonov tez tibbiy yordam navbatchi shifokori Murodulla Hamidov bilan chaqiruvga chiqqan payt ularning o‘rtasida nizo chiqadi. Haydovchi chaqiruv manzilini so‘raydi, shifokor esa “haydovchi bo‘lsang, manzilni o‘zing topasan” deydi. Xullas, o‘rtadagi nizoga sud aralashadi. Murodulla Hamidovning da’vosi 29-iyul kuni Qarshi shahar Ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, haydovchi Ilhom Usmonov foydasiga hukm chiqadi.

    Haydovchi Ilhom Usmonov esa sud qarorini avtoxo‘jalik rahbariga yetkazadi. Ammo 29-iyul kuni haydovchi baribir ishdan bo‘shatiladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ushbu ishga doir ma’lumotlarni olish va ikkinchi tomonning fikrini o‘rganish maqsadida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli maxsus va tez tibbiy yordam avtoxo‘jaligi rahbari Naim Halilov bilan uchrashdik. Ammo Naim Halilov axborot olishimiz uchun “tepa”dan ruxsat olib kelishimizni, yo‘qsa jurnalistga axborot bermasligini aytdi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Tursunovdan ruxsat oldik. Ammo natija bo‘lmadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayevga ham chiqib axborot olishda ko‘mak so‘radik. Baribir foydasi yo‘q. Rahbar hech kimga bo‘ysunmadi. “Axborot bermayman” deb turib oldi. Biroz o‘tib viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Amirov kelib, 2-3 kun muddatda haydovchi Ilhom Usmonovning nima sababdan ishdan bo‘shatilganligi haqida batafsil ma’lumot berishlarini aytdi. Qo‘shimcha savollarga ham o‘sha kuni javob olishimiz mumkinligini ma’lum qildi.

    Shavkat Amirov tomonidan taqdim etilgan xulosaga ko‘ra, Ilhom Usmonovning ishi viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining maxsus ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqilgan.

    Ishchi guruh xulosasidan ma’lum bo‘lishicha, 2019-yil 10-yanvar kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Qashqadaryo filiali direktori R.Tulyakov avtoxo‘jalik rahbariga tez tibbiy yordam navbatchi shifokori Ilhom Usmonovga nisbatan intizomiy chora ko‘rishni so‘raydi. Filial direktorining ma’lum qilishicha, Ilhom Usmonov mehnat intizomini buzgan, shifokorlarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Filial shifokori Sh.Salomovaning arizasida yozilishicha, haydovchi uning shaxsiyatiga tegadigan so‘zlar aytib, uni tinch qo‘ymagan. Oilasi tinchligini buzgan. Qolaversa, avtoxo‘jalikning 116 nafar haydovchisi ham Ilhom Usmonovning ishdan bo‘shatilishini so‘rab murojaat qilgan ekan.

    Avtoxo‘jalik rahbariyati mazkur murojaatlarni o‘rganib chiqib, 2019-yil 12-fevral kuni Ilhom Usmonovga “hayfsan” beradi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan xulosaga ko‘ra, Ilhom Usmonov bundan xulosa chiqarmaydi. 10-iyul kuni chaqiruvga chiqqan payt navbatchi shifokor Murodulla Hamidov bilan tortishib, manzilni bilmasligini, kimdandir pul kutayotganligini, pulini olsa borishini aytib, chaqiruv kechikishiga sababchi bo‘ladi. Yuqorida tilga olinganidek, Murodulla Hamidov arizasiga ko‘ra mazkur ishni sud ko‘rib chiqadi. Ammo sud Ilhom Usmonov foydasiga hukm chiqaradi.

    Shunga qaramasdan avtoxo‘jalik rahbariyati Ilhom Usmonov mehnat intizomini takroran buzganligi bois, uni ishdan bo‘shatishga rozilik so‘rab, avtoxo‘jalik kasaba uyushmasiga taqdimnoma kiritadi. Kasaba uyushmasi rozilik beradi va Ilhom Usmonov ishdan haydaladi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xulosasiga ko‘ra, ushbu holatda Ilhom Usmonovga nisbatan qo‘llangan chora qonuniy.

    Ilhom Usmonov “Daryo” muxbiri bilan suhbati davomida tez tibbiy yordam haydovchilariga yaratib berilgan sharoitdan ham nolidi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Haydovchilar uchun yaratilgan shart-sharoit ham juda og‘ir ahvolda, — deydi Ilhom Usmonov. — Xonalar juda tor. Shuning uchun karavotlarni ustma-ust qilib joylashtirib, o‘zimizga sharoit hozirlaganmiz. Shifokorlar esa kechki payt karavot bo‘shashini kutib ko‘chada tong ottirishadi.

    Ilhom Usmonovning qo‘shimcha qilishicha, avtoxo‘jalik rahbari Hyundai avtomobillari uchun belgilangan yonilg‘ini bermaydi. Ai-91 benzini berilishi kerak bo‘lgan avtomobillarga Ai-80 benzinini quyadi. Shu boisdan ham haydovchilarda yonilg‘i sarfi ko‘payib ketadi. Ortiqcha xarajat haydovchi zimmasiga tushadi.

    — Oyligimizdan benzin uchun oyiga 200 ming so‘mgacha ushlab qolishadi, — deydi Ilhom Usmonov. — Nafaqat benzin, hatto avtomobil ehtiyot qismlari uchun ham haydovchilardan pul undirishga harakat qilishadi. Masalan, mendan avtomobil shinasi uchun 200 ming so‘m pul so‘rashgan va olishgan. Bitta avtomobilni 5 nafar haydovchi boshqarishini hisobga olsak, haydovchilardan bir million so‘m pul yig‘ishtirib olgan bo‘lib chiqadi. Pul bermasangiz, avtomobilingiz ballonsiz qoladi.

    Sobiq haydovchining iqroriga ko‘ra, avtomobil moyini almashtirish, shina teshilsa yamatish kabi kundalik xarajatlar ham haydovchilar zimmasiga yuklatiladi. Xullas, tizimda muammo ko‘p. Ular bir haydovchi ishdan bo‘shatilgani bilan hal bo‘lib qolmaydi...

    11.09.2019, 07:53   Izoh (0)   30933
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Chirchiq” poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylarining hamkorlikdagi “Qalqon—2019” taktik mashqlari boshlandi (foto)

    11.09.2019, 06:13

    Mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan hududlar ro‘yxati belgilandi

    10.09.2019, 23:58

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi muftiy Usmonxon Alimov ishdan olinganini rasman rad etdi

    10.09.2019, 23:56

    Fermerlar kengashi xodimlariga Toshkent propiskasi beriladigan bo‘ldi

    10.09.2019, 23:29

    Adliya vazirligi deputatlar qo‘pol va haqoratomuz fikr bildirishga haqli emasligini eslatdi

    10.09.2019, 23:13

    Uchtepadagi avtoservisda yong‘in sodir bo‘ldi

    10.09.2019, 22:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ganada aviahalokat: qurbonlar orasida vazirlar ham bor (foto)

    Dunyo | 7 avgust, 08:40

    Sun’iy intellekt tahdid yoki moliyaviy rag‘batdan keyin batafsilroq javob berishi aniqlandi

    Dunyo | 7 avgust, 00:15

    Iyunda O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin xarid qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 23:59

    Efiopiyada birinchi marta odam savdogarlari o‘lim jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 6 avgust, 23:55

    Superliga. 6 ta gol kiritilgan bahsda “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Mash’al”ni mag‘lub etdi

    Sport | 6 avgust, 23:51

    Xitoyda komadagi qiz universitetga qabul qilinganligi haqidagi xabarni eshitgach, o‘ziga keldi

    Dunyo | 6 avgust, 23:41

    Zelenskiy Tramp bilan tinchlik istiqbollarini muhokama qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:27

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektoridagi operatsiya tufayli Bosh shtab rahbari bilan kelishmovchilikka bordi

    Dunyo | 6 avgust, 23:20

    Dunyo bo‘ylab plyajlar yo‘qolib ketish xavfi ostida — FT

    Dunyo | 6 avgust, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.