• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Mushakbozlik yong‘ini, zaharlangan itlar, jafokash Falastinga tuhfa yoki “Google bizga soliq to‘laydimi?”

    “Daryo” saytida  haftaning eng muhim va muhokamali xabarlari sharhini boshlaymiz.

    Bu yili katta tantana bilan nishonlangan Mustaqillik bayrami yorqin salyutlari bilan yodda qoldi. Toshkentda bayramona mushakbozlik o‘tkazilib, Xalqlar do‘stligi saroyi orqasida joylashgan 80 ta qurilma yordamida 2 700 dan ko‘proq salyut otilgan. Salyutlar balandligi 350 metrdan oshib, yangi tariximizda o‘ziga xos rekord o‘rnatdi.

    Foto: Namangan viloyat hokimligi

    Foto: Namangan viloyat hokimligi

    Namanganda ham bayram munosabati bilan 1 150 ta mushak otildi. Eng kuchli salyutning balandligi 300 metrdan oshdi. Azaldan to‘yu tantanalarga kichik ko‘ngilsizliklar hamroh bo‘lganiday, Samarqand va Qarshidagi mushakbozlik natijasida shaharning qurigan o‘tlari yonib ketdi. Hech kim tan jarohati olmadi, bino va inshootlarga ham alangan o‘tgani yo‘q.

    * * *

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasida jismoniy shaxslarga reklama joylashtirish, qidiruv tizimlarga kirish imkonini taqdim etish, statistika yuritish, onlayn-savdo maydonchalari, striming servisi ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga nisbatan soliq joriy etilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekistonda internet segmentida bunday xizmatlarni Google, Yandex, Alibaba, Netflix kabi kompaniyalar ko‘rsatishini e’tiborga olsak, qisqacha aytganda, ularga soliq solinmoqchi. Aksariyat internet-kompaniyalarning O‘zbekistonda vakolatxonasi yo‘q hamda ular soliq to‘lamaydi. Ushbu xabar ko‘pchilik internet foydalanuvchilarining istehzosi va xavotirini yuzaga keltirdi. Ammo ta’kidlash kerakki, Google va Apple kabi kompaniyalar Rossiyada 18 foiz QQS to‘laydi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston ham internet-kompaniyalar uchun soliq joriy etish niyatida ekanini ma’lum qilgan.

    * * *

    So‘nggi kunlarda Samarqandda it va mushuklar yoppasiga zaharlab o‘ldirilayotgani jamoatchilikning diqqat markazida qoldi. It-mushuklar zaharlanishi “Sharq taronalari” festivali arafasida boshlangan edi. Sosiska va boshqa yeguliklar ichiga solingan zaharni iste’mol qilgan uy hayvonlari o‘limoldi talvasasi aks etgan video va suratlar tarqalishi jamoatchilikning qattiq e’tirozini keltirib chiqardi. Bu O‘zbekistonning xalqaro qiyofasiga dog‘ tushirishi aytildi. Hafta o‘rtalarida Samarqandda it va mushuklarni zaharlab o‘ldirgan mansabdor shaxslar egallab turgan lavozimlaridan bo‘shatilgani xabar qilindi. Hokimlik holatni o‘z nazoratiga olganini bildirdi.

    * * *

    O‘tayotgan haftada jafokash Falastin xalqiga O‘zbekiston ajoyib tuhfa taqdim qildi. Aniqrog‘i, jahon chempionatiga saralash bosqichida o‘zbek futbolchilari falastinliklarga 2:0 hisobda yutqazib qo‘ydi. Muxlislar har galgidek hafsalasi pir bo‘lganini izohlovchi munosabatlar bilan futbolchilar va murabbiyni qarshi oldi. Darvozamizga gol urgan Dabbah ismli futbolchining ism-sharifiga bog‘liq mutoyibalar avj oldi. Izohlarda bosh murabbiy Ektor Kuperni iste’foga yo‘llash ham tilga olindi. Ektor Kuper o‘yindan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatda “Birgina mag‘lubiyatdan fojea yasash to‘g‘ri emas”, dedi va iste’fo haqida gapirish noo‘rinligini tushuntirdi. “Hali oldinda o‘yinlar ko‘p va qolgan o‘yinlarda maksimal ochkolarni to‘plashga harakat qilamiz”, dedi Kuper.

    Falastin tarixda ilk bora O‘zbekistonni yutganini eslatib o‘tamiz.

    * * *

    Talabalarga stipendiyali va stipendiyasiz to‘lov-kontraktni to‘lash imkoniyati yaratildi. Stipendiya olib o‘qishni istasangiz – ko‘proq “kontrakt” to‘laysiz, istamasangiz – ozroq.

    Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 400 000 so‘m, bir yilda jami 4 800 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.

    Foto: Telegram / “Huquqiy axborot”

    Foto: Telegram / “Huquqiy axborot”

    Masalan, pedagog bo‘ladigan talabadan quyidagicha to‘lovlarning birini tanlaydi:

    Stipendiya bilan — 10 792 960 so‘m (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobar);

    Stipendiyasiz — 5 992 960 so‘m (10 792 960 so‘m — 4 800 000 so‘m).

    2019/2020-o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik to‘lanadigan stipendiya miqdori 400 000 so‘m etib belgilanadi.

    Shuningdek, 2019/2020-yil uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari jadvali ham chop etildi. Tabiiyki, to‘lovlarning yangi miqdorini fuqarolar xush qarshiladi, deya olmaymiz.

    Darvoqe, to‘lovlarga oid yana bir xabar. Yodingizda bo‘lsa g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar, ular uchun tirkamalarga nisbatan utilizatsiya yig‘imi joriy etilishi xabari tarqalgandi. Ushbu qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari qattiq tanqid qildi. Agar ushbu yig‘im joriy etilsa, shundog‘am qimmat mashina narxi yanayam oshishi mumkin.

    Mavzuga doir:

    Hafta ijtimoiy muammolari: O‘qing, faqat yig‘lamang

    Deputat Rasul Kusherboyevning aytishicha, fraksiya a’zolarining e’tirozlaridan qonun loyihasi ovozga qo‘yilsa, qo‘llab-quvvatlanmasligi sezildi. Shu sababli iltimosga ko‘ra, ma’lum muddatga kun tartibidan chiqarib tashlangan.

    * * *

    Yagona maktab formasi mavzusi atrofidagi muammolar tinadiganga o‘xshamaydi. So‘nggi bir oy ichida Xalq ta’limi vazirligi avval ota-onalarga murojaat, keyin esa bayonot bilan chiqdi. Unda o‘quvchilardan nizom talablariga bo‘ysunish so‘ralgan. Ammo o‘quvchi qizlarning hijobi masalasini fuqarolar qayta-qayta ko‘tarmoqda. Xususan, 6-sentabr kuni toshkentlik Laziz Asadov beshinchi sinfda o‘qiydigan qizining ro‘molini himoya qilib ijtimoiy tarmoqda jonli efir qildi. Voqea joyida xalq ta’limi boshqarmasi vakillari keldi, keyinroq fuqaro kiyimidagi qora ko‘zoynakli to‘rt kishi kelib uning qo‘lini qayirgancha mashinaga solib ketgan. Asadov ichki ishlar idorasida olti soat tutib turib, keyin qo‘yib yuborilgan. Ro‘mol ishlari bilan shug‘ullanayotgan ichki ishlar boshqarmasi xodimlari Asadovga o‘zini tanishtirmagan. Asadovning aytishicha, qizi o‘z xohishi bilan o‘ranadi. Beshinchi sinf qizga maktabda “bu sening rodnoy dadang emas” deya ruhiy bosim o‘tkazilgan.

    “Daryo” yangiliklarini kuzatib boring. O‘zbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi xabardor bo‘ling.

    08.09.2019, 18:15   Izoh (0)   66151
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “4 kishiga mo‘ljallangan xonalarda 8 nafar bemor yotib davolanmoqda”. Qashqadaryodagi asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasida bemorlar uchun joy tanqis

    08.09.2019, 17:56

    Toshkentda “ishlagan pulingni yarmini berasan” deb xivalik ustadan 20 mln so‘m talab qilgan shaxs ushlandi

    08.09.2019, 16:34

    O‘zbekistondagi birinchi chek lotereyasiga 1 mlrd so‘m ajratiladi

    08.09.2019, 16:13

    Surxondaryo hokimi o‘rinbosari o‘z nikoh to‘yini namunaviy tarzda o‘tkazdi. To‘yda 167 kishi qatnashdi

    08.09.2019, 15:55

    Asakada mast erkak 9 yashar qizga nisbatan odobsiz harakatlar qilgan, so‘ng kaltak yegan. IIB holat yuzasidan axborot berdi (video)

    08.09.2019, 15:31

    Odilxon qori yana ishdan ketdi (video)

    08.09.2019, 14:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.