“Xo‘ja Alambardor” jome masjidi bosh imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li O‘zbekiston musulmonlar idorasining buyrug‘iga asosan 6-sentabr kuni o‘z lavozimini tark etgan.
“Azon.uz”ning xabar berishicha, Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li imom-xatiblikdan o‘z xohishiga ko‘ra, salomatligini tiklash maqsadida ketgan.
Odilxon qori 2018-yil iyulida ham Toshkentdagi “Shayx Zayniddin” (Ko‘kcha) jome masjidi imom-xatibligidan salomatligi tufayli, o‘z xohishiga ko‘ra ozod etilgan edi (keyinroq uning ishdan olinishi sabablari boshqacha ekani aytilgan edi).
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Xo‘ja Alambardor” jome masjidiga yangi bosh imom-xatib etib Mirjalil domla Mirsolihov tayinlangan.
Izoh (0)