Xorazmning Xiva tumanida yashovchi Yu.J. IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, Toshkentda ustachilik bilan shug‘ullanishini, poytaxtda yashovchi bir shaxs uning oldiga kelib: “Ishlagan pulingni yarmini berasan”, deb qo‘rqitib, 20 million so‘m talab qilayotganini ma’lum qilgan.
Mazkur murojaat yuzasidan 3-sentabr kuni Chilonzor tumanida IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi M.F. belgilangan manzilda 20 million so‘m pulni olgan vaqtida qo‘lga olingan.
“Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deya xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Izoh (0)