1-oktabrdan poytaxtda tajriba tariqasida chek lotereyasi joriy qilinadi. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.
Yutuqli o‘yinlar onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim qilingan cheklardagi QR-kod yoki fiskal belgilar asosida o‘tkaziladi.
Moliya vazirligiga yutuqli o‘yinni tashkil etish uchun bir milliard so‘m miqdorida budjet mablag‘lari ajratish haqida topshiriq berilgan. 1-oktabrga qadar yutuqli o‘yinni o‘tkazish bo‘yicha tartib ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Keyinchalik mazkur tajriba boshqa hududlarda ham joriy etiladi.
Izoh (0)