Qirg‘izistonning O‘sh shahri vitse-meri Jasur Azimov avtomobilni mast holatda boshqarishda ayblandi.
Azimov ishtirokidagi videoyozuv Youtube kanallardan birida paydo bo‘ldi. Unda militsiya tomonidan to‘xtatilgan vitse-mer ichgani va toshkentlik mehmonlarga Lenin haykalini ko‘rsatish uchun rulga o‘tirganini tan olgan.
Shifokorlar shirkayflik holatini tasdiqlagandan so‘ng Azimov voqea joyidan piyoda ketgan.
O‘sh harakat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Shoirbek Shokirov, garchi meriya matbuot xizmati voqea sodir bo‘lgan kun—24-avgustda Azimov mashinasini boshqarmaganini da’vo qilgan bo‘lsa ham, rulda aynan mansabdor bo‘lgani va unga 17,5 ming som (250 dollar) jarima solinganini bildirmoqda.
Shokirovga ko‘ra, Azimov nafaqat mast holda avtomobilni boshqargan, balki mashinalar harakati 20:00 dan so‘ng taqiqlangan hududga ham kirib borgan.
Izoh (0)