Muxolifat partiyadan saylangan Istanbul meri Akrom Imomo‘g‘li mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan bog‘liq fondlarga pul o‘tkazishni bekor qildi.
“Hozirda hukumatga xayrixoh fondlarga ajratilgan jami 357 million liraga (62 million dollar) teng summadagi o‘tkazmalarni bekor qildik. Aql bovar qilmaydi: xalqning pullari nimalarga ishlatilyapti? Bu hali shunday harakatlarimizning boshlanishi”, — deya ta’kidlagan mer.
Istanbul meriyasiga ko‘ra, gap hukumatga aloqador 5 ta fond, jumladan, Erdo‘g‘on shaharda hokim bo‘lgan payt asos solingan Turkiya yoshlar va ta’lim fondi haqida ketmoqda.Meriya bu fondlarni shahar byudjetidan ajratilgan mablag‘larni ishlatishda ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yganlikda aybladi.
Izoh (0)